“Xorazm” matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, jamoa bosh murabbiyi Sergey Tokov va uning shtabi bilan tuzilgan bitim o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilindi.
“Xorazm” Tokov qo'l ostida Superliganing 21 ta bahsida 5 ta g'alabaga erishdi, 6 ta durang qayd etdi va 10 ta mag'lubiyatga uchrab, jadvalda 21 ochko bilan 13-o'rinda borayotgan edi.