
Milliy chempionatning 7-turidan o'rin olgan "Al Taavun" - "Al Hilol" (0:6) uchrashuvi vaqtida mezbonlarning ayrim muxlislari mehmonlar yarim himoyachisi Ruben Neveshni ruhiy jihatdan izdan chiqarish va provokaciya qilish maqsadida Diogu Jotaning ismini qichqirib shiorlar yangratishgan. "Al Hilol" klubi ushbu holat yuzasidan rasmiy shikoyat kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Nevesh va Jota yaqin do'st bo'lib, ilgari "Portu", "Vulverxempton" hamda Portugaliya terma jamoasida birga to'p surishgan. Diogu 2025 yilning 3 iyul kuni Ispaniyada sodir bo'lgan avtohalokat tufayli ukasi Andre Teysheyra da Silva bilan birga fojiali tarzda vafot etgan edi.
"Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) va Saudiya professional ligasi (SPL) "Al Taavun" va "Al Hilol" o'rtasidagi uchrashuvda hozir bo'lgan ayrim muxlislarning Saudiya futboli qadriyatlari va sport mahorati tamoyillariga zid bo'lgan nomaqbul xatti-harakatlarini qatiyan qoralaydi.
SAFF va SPL shaxsiy fojialardan haqorat yoki provokaciya maqsadida foydalanish mutlaqo qabul qilib bo'lmaydigan holat ekanini va Saudiya futbolida bunday qilmishlarga o'rin yo'qligini takidlaydi.
SAFF tegishli qo'mitalar shikoyatni qabul qilganini va amaldagi qoidalar hamda tartib-qoidalarga muvofiq zarur choralar ko'rilishini tasdiqlaydi. Tekshiruv jarayoni yakuniga etgach, uning natijalari e'lon qilinadi", - deyiladi federatsiya bayonotida.
![]() | 08.09.2026 23:56 Ўқилди 23623 LIVE. YCHL. "Real Madrid" - "Inter" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 08.09.2026 01:56 Ўқилди 17914 "Al Hilol" Saudiya ligasida 47 ta o'yindan keyin ilk marta mag'lubiyatga uchradi |
![]() | 13.09.2026 02:00 Ўқилди 10317 La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Valekano"ni tor-mor etdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9730 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7567 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 11.09.2026 02:16 Ўқилди 7111 YCHL. Umumiy guruh bosqichining 1-turi yakunlandi |
![]() | 12.09.2026 01:40 Ўқилди 6534 Sergey Lushchan: "Agar vaziyat shunday davom etsa, mundialga chiqish uchun yana o'n yil vaqt kerak bo'ladi. Chempionatimiz saviyasi yaqqol pasaydi, chunki..." |
![]() | 09.09.2026 21:48 Ўқилди 6424 LIVE. YCHL. "Barselona" - "Feyenoord" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 09.09.2026 00:40 Ўқилди 5577 Figu "Inter"ga qarshi o'yin oldidan Mbappega YCHL "Oltin butsa"sini topshirdi |
![]() | 09.09.2026 01:16 Ўқилди 5554 Mbappe "Real" tarkibida YCHLda 26 ta o'yinda 23 ta gol urdi |
Реклама
Сайт хақида