
54-daqiqada hakam Jon Bruks jarima maydonchasiga uzatma berilayotgan paytda Ezri Konsa Deniel Bellardga nisbatan qoidani buzdi, deb topib, "kanonirlar" darvozasiga 11 metrlik jarima to'pi belgiladi. "Arsenal" himoyachisi raqibni maydonga yiqitdi, garchi Bellardning o'zi ham raqibining futbolkasidan tortgan edi. Darvozabon David Rayya nuqtadan yo'llangan zarbani qaytardi, oradan ikki daqiqa o'tib esa londonliklar g'alaba golini urishdi.
O'yindan so'ng "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta shunday dedi: "Bunday darajada bu qabul qilinishi mumkin emas, bunday qarorlar mavsum taqdirini o'zgartirishi mumkin. Men 28 yildan beri futboldaman, bu hech qanday sharoitda penalti emas". U, shuningdek: "Raqib dzyudo usulini - qulab tushib otishni qo'lladi. Kon esa hech narsa qilmadi", - dedi.
The Guardian xabariga ko'ra, bugun "Arsenal" ushbu epizod yuzasidan Pro Ref (Professional Game Referees - Angliya futbolida hakamlik uchun mas'ul organ) vakillari bilan uchrashuv so'ragan. Klub hakamlar korpusi rahbarlaridan penalti borasida tushuntirish olishni niyat qilgan.
Angliya amaldagi chempioni referi Bruks penalti belgilagan paytda videoassistent hakam (VAR) nega vaziyatga aralashmaganini tushuntirishini talab qilishi kutilmoqda.
Ehtimol, "Arsenal" ushbu uchrashuvda 31 avgust kuni "Aston Villa"ga qarshi kechgan g'alabali o'yinda (1:0) Ian Matsen Bruno Gimaraesga nisbatan qoidani buzganida klub penalti tepish huquqini olishi kerakligini Premer-liganing muhim o'yin epizodlari bo'yicha komissiyasi bir ovozdan tan olganini ham eslatib o'tadi.
![]() | 08.09.2026 23:56 Ўқилди 23623 LIVE. YCHL. "Real Madrid" - "Inter" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 08.09.2026 01:56 Ўқилди 17914 "Al Hilol" Saudiya ligasida 47 ta o'yindan keyin ilk marta mag'lubiyatga uchradi |
![]() | 13.09.2026 02:00 Ўқилди 10317 La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Valekano"ni tor-mor etdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9733 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7567 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 11.09.2026 02:16 Ўқилди 7111 YCHL. Umumiy guruh bosqichining 1-turi yakunlandi |
![]() | 12.09.2026 01:40 Ўқилди 6534 Sergey Lushchan: "Agar vaziyat shunday davom etsa, mundialga chiqish uchun yana o'n yil vaqt kerak bo'ladi. Chempionatimiz saviyasi yaqqol pasaydi, chunki..." |
![]() | 09.09.2026 21:48 Ўқилди 6424 LIVE. YCHL. "Barselona" - "Feyenoord" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 09.09.2026 00:40 Ўқилди 5577 Figu "Inter"ga qarshi o'yin oldidan Mbappega YCHL "Oltin butsa"sini topshirdi |
![]() | 09.09.2026 01:16 Ўқилди 5554 Mbappe "Real" tarkibida YCHLda 26 ta o'yinda 23 ta gol urdi |
Реклама
Сайт хақида