«Santos» Filippe Koutinyo bilan 2026 yil oxirigacha shartnoma tuzdi
14.09.2026 21:33 Ўқилди: 628
Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinyo 2026 yil oxirigacha «Santos» futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Futbolchining so‘nggi jamoasi «Vasko da Gama» bo‘lgan. Avvalroq transfer «Santos» hujumchisi Neymarning ko‘magida amalga oshirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
34 yoshli Koutinyo faoliyati davomida «Vasko da Gama», «Inter» (Milan), «Espanyol», «Aston Villa» (Birmingem), «Liverpul», «Barselona» va Myunxenning «Bavariya» klublarida to‘p tepgan. Shuningdek, u Braziliya terma jamoasi safida ham o‘ynagan.
«Futbol qirolligiga xush kelibsan, Koutinyo. Olg‘a!» — deyiladi klub xabarda.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli hujumkor yarim himoyachining transfer qiymati 2,5 million yevroni tashkil etadi.