
Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.
Tur murabbiyi - Ilyos Qurbonov (“Metallurg”)
Ma'lum sabablarga ko'ra, “Olimpik-MobiUz” va “Metallurg” o'rtasidagi bahs qolgan o'yinlarga nisbatan ancha erta, 2 sentyabr kuni o'tkazildi. Unda “Metallurg” 3:2 hisobida zafar quchdi. Ilyos Qurbonov shogirdlari ishonchli o'yin ko'rsatdi va munosib ravishda g'alabani o'ziniki qildi. Championat.asia xodimlari aynan Qurbonovni eng yaxshi murabbiy deya etirof etdi.

Tur futbolchisi - Marko Milichkovich (“Metallurg”)
“Metallurg”ning chernogoriyalik yarim himoyachisi Marko Milichkovich “Olimpik-MobiUz” bilan to'qnashuvda shunchaki yayradi va xet-trikni rasmiylashtirib, jamoasining g'alabasini taminladi (3:2). Shu tariqa, ortiqcha muhokamalarsiz Milichkovich tur futbolchisi sifatida qayd etildi.

Tur darvozaboni - Mirzohid Jalilov (“Yaypan”)
“Yaypan” bu turda safarda “G'azalkent” bilan to'qnash kelib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (0:0). Bunda jamoa darvozaboni Jalilovning o'rni katta. U bahs mobaynida bir qator vaziyatlarda jamoasi joniga ora kirdi. Ayniqsa, u ikkinchi bo'limdagi seyvlari orqali jamoasi durangga erishishida munosib hissa qo'shdi. Shunday qilib, aynan Jalilov tur darvozaboni bo'ldi.

Tur goli - Marko Milichkovich (“Metallurg”)
Yuqorida takidlanganidek, “Metallurg” xavbeki Marko Milichkovich “Olimpik-MobiUz” bilan uchrashuvni o'z benifisiga aylantirib yubordi. Uning 29-daqiqada maydon markazidan tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi. Milichkovich darvozabon oldinga chiqib ketganini payqadi va olis masofada bo'lishiga qaramay, to'g'ridan-to'g'ri darvozani nishonga oldi. Shu tariqa, aynan shu gol turdagi eng chiroylisi sifatida etirof qilindi. Quyida mazkur golni tomosha qilishingiz mumkin.

![]() | 08.09.2026 23:56 Ўқилди 23659 LIVE. YCHL. "Real Madrid" - "Inter" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 08.09.2026 01:56 Ўқилди 17941 "Al Hilol" Saudiya ligasida 47 ta o'yindan keyin ilk marta mag'lubiyatga uchradi |
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14208 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 13.09.2026 02:00 Ўқилди 10350 La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Valekano"ni tor-mor etdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9760 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7594 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 11.09.2026 02:16 Ўқилди 7138 YCHL. Umumiy guruh bosqichining 1-turi yakunlandi |
![]() | 12.09.2026 01:40 Ўқилди 6549 Sergey Lushchan: "Agar vaziyat shunday davom etsa, mundialga chiqish uchun yana o'n yil vaqt kerak bo'ladi. Chempionatimiz saviyasi yaqqol pasaydi, chunki..." |
![]() | 09.09.2026 21:48 Ўқилди 6445 LIVE. YCHL. "Barselona" - "Feyenoord" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 09.09.2026 00:40 Ўқилди 5607 Figu "Inter"ga qarshi o'yin oldidan Mbappega YCHL "Oltin butsa"sini topshirdi |
Реклама
Сайт хақида