Manchester derbisida 2017 yildan buyon ilk bor qizil kartochka ko'rsatildi
13.09.2026 22:00 Ўқилди: 3835
Bu APL doirasidagi manchester derbilarida 2017 yildan beri qayd etilgan ilk qizil kartochka bo'ldi. Hozirda uchrashuv davom etmoqda.
Angliya chempionati doirasidagi manchester derbisidagi eng so'nggi qizil kartochka 2017 yilning aprel oyida ko'rsatilgan edi. O'shanda "qizil iblislar" yarim himoyachisi Maruan Fellayni maydondan chetlatilib, jamoalar durang (0:0) o'ynagan edilar.
Keyingi turda "qizil iblislar" 20 sentyabr kuni "Fulxem" bilan bahs olib borishsa, "shaharliklar" xuddi shu kuni "Sanderlend"ga qarshi maydonga tushishadi.