Messi Ronaldu bilan gollar bo‘yicha farqni qisqartirdi
13.09.2026 19:55 Ўқилди: 1676
Lionel Messi MLS doirasida «Inter Mayami» safida «Neshvill» darvozasini ishg‘ol qildi. Krishtianu Ronaldu esa shanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Xalij»ga qarshi o‘yinda gol ura olmadi.
Shu tariqa, Messi faoliyati davomida urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldu bilan oradagi farqni qisqartirdi. Argentinalik yulduzning hisobida endi 927 ta gol bor, portugaliyalik futbolchi esa 979 ta gol urgan.
Ikki afsonaviy futbolchi o‘rtasidagi farq ayni paytda 52 ta golni tashkil qilmoqda.
Messi uchun Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlagunga qadar unga yetib olish oson bo‘lmaydi. Shuningdek, Krishtianu 1000 gollik marrani Messidan ancha oldin zabt etishi ehtimoli yuqori.
Lionel Messi 39 yoshda, Krishtianu Ronaldu esa 41 yoshda.