Yozda deyarli 400 million evrodan voz kechgan "Tottenxem Xotspur" navbatdagi antirekordni yangiladi
13.09.2026 10:48 Ўқилди: 1502
Shu tariqa, "shporlar" o'z tarixida ilk bor Angliya chempionatining dastlabki to'rtta o'yinida birorta ham gol ura olishmadi, deb xabar beradi Squawka X ijtimoiy tarmog'ida.
"Tottenxem" Premer-liganing joriy mavsumidagi golsiz seriyasi "Brentford" (0:3) va "Nyukasl Yunayted"dan (0:2) uchralgan mag'lubiyatlarni, shuningdek, "Nottingem Forest" (0:0) va "iriskalar" bilan qayd etilgan duranglarni o'z ichiga oladi. Keyingi turda "Tottenxem Xotspur" 19 sentyabr kuni "Aston Villa"ni qabul qiladi.
"Tottenxem Xotspur" Angliya birinchiligining oliy divizioni turnir jadvalida ikki ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, liliyarang-oqlar APL turnir jadvalida 17-o'rinni egallagan edi.