Uchrashuv 10 sentyabr kuni Manchestyerdagi "Old Trafford" stadionida bo'lib o'tdi va "qizil iblislar"ning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Darvozamizni daxlsiz saqlab qolganimiz yoqimli. Hujumdagi bazi harakatlarimiz fantastik darajada edi. Hujumga o'tish fazalarida xavfli edik. Himoyada ham juda yaxshi harakat qildik.
O'yinchilarga munosib baho berish kerak. Raqib - oson jamoa emas, ular qisqa paslar orqali o'ynaydi va to'pni olib qo'yish uchun seni ko'p yugurishga majbur qiladi. O'yin doim u qadar qulay kechdi deb bo'lmaymadi. Biroq, o'ylaymanki, bugun ko'p narsani yaxshi bajardik va bu bizga natija keltirdi", – dedi Kerrik.
"Manchester Yunayted" Chempionlar Ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 13 oktyabr kuni safarda "Atletiko"ga qarshi o'tkazadi.