Marokash 2030 yilgi JCH finalini qabul qilishini ma'lum qildi
11.09.2026 13:32 Ўқилди: 392
Avgust oyida "The Times" nashri FIFA prezidenti Janni Infantino bo'lajak saylovda qo'llab-quvvatlanish evaziga FRMF'ga JCH-2030 finalini o'tkazish huquqini vada qilgani haqida xabar bergandi. FIFA ushbu ma'lumotni rad etdi va hal qiluvchi bahs o'tkaziladigan joy bo'yicha qaror keyinroq qabul qilinishini ma'lum qildi.
"Bensliman viloyati 2030 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati finalini qabul qilish sharafiga muyassar bo'ladi", – deya saylovoldi mitingida Lekjaning aytgan so'zlarini keltiradi EFE.
Ayni paytda Kasablanka yaqinida 115 ming tomoshabinga mo'ljallangan va sig'imi bo'yicha dunyodagi eng katta arenaga aylanadigan "Hasan II" stadioni qurilmoqda.