Liga 1 klublari ushbu transfer oynasida 730 mln foyda olishdi - bu rekord natijadir
02.09.2026 17:08 Ўқилди: 539
Fransiya jamoalari 600 mln evro sarflashdi. Klublarning sof foydasi 730 mln evroni tashkil etdi - bu ham rekord.
Eng qimmat sotuv Bredli Barkolyaning PSJdan "Liverpul"ga 125+20 mln evro evaziga amalga oshirilgan transferi bo'ldi.
L’Équipe nashrining qayd etishicha, Liga 1 translyatsiyasi bo'yicha televizion huquqlar inqirozi shunday vaziyatga olib keldi. Ushbu mavsumda klublar BeIN Sports va DAZN kompaniyalaridan to'lovlarni olishmaydi.