Bugun o'smirlarimiz Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi
27.08.2026 08:08 Ўқилди: 282
Sergey Chigodaev shogirdlari bugun Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da “Albir” maydonida boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, o'smirlarimiz Ispaniyadagi ilk nazorat uchrashuvini Urugvayga qarshi o'tkazgandi. O'shanda jamoamiz Lotin Amerika jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.