
"Bugun nihoyat g'alaba qozondik. "Nasaf"ni mag'lub etish katta ish. Yigitlarga ham rahmat. O'yinga tayyorlagan rejamiz to'g'ri bajarildi. Muhabbatdan nafratgacha bir qadam. O'tgan turda "So'g'diyona"ni mag'lub eta olmagandik. Oldinda hali yana o'yinlar ko'p. Har bir ochko uchun kurashamiz. Xalqimizni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan qutlayman", - deya gap boshladi Jamshid Saidov.
- Lutka Ratkovich qaydnomada yo'q edi. Shuningdek, Kenjaboev maydonda oqsoqlanib yurdi...
- Luka mashg'ulotlardan birida jarohat oldi va qaydnomadan tushib qoldi. Kenjabaev hali davolanmoqda. U to'liq tiklangani yo'q. Do'xtirlar uning holatini nazorat qilib borishmoqda. Shuning uchun ham Kenjaboev faqatgina 10-15 daqiqa o'ynamoqda.
- So'nggi 15 daqiqada 3ta o'zgarishni amalga oshirdingiz, ammo o'yin kuchaygani yo'q. Agar o'yin maydonga tushgan futbolchilar o'yin suratiga ta’sir o'tkazmasa, o'zgarishlar qilishning nima keragi bor?
- Futbolchilar ikkinchi bo'lim oxiriga borib biroz charchab qolishadi. Buni bilasiz. To'g'ri, futbolchi maydonga tushib o'yinni kuchaytirishi kerak. Lekin har bir futbolchi ham maydonga tushib, o'yin tempiga qo'shilib keta olmaydi. Shuning uchun shunday bo'lib qoldi. O'yin yakunida biz besh nafar himoyachi bilan o'ynay boshladik.
- Statistikaga tayanadigan bo'lsak, o'rinbosarlar jamoasi g'alaba qozongan turda asosiy jamoa katta ehtimol bilan mag'lub bo'ladi. Bu safar ushbu qoida ishlamadi. Ushbu holatga qanday fikr bildirasiz?
- Men ushbu faktorlarga e'tibor bermayman(jilmayib). Siz statistikaga ko'p e'tibor berasiz. Men esa unchalik emas. O'rinbosarlar jamoasining asosiy maqsadi yaxshi yosh futbolchilarni taminlab berish. Har bir tarkib har doim g'alaba qozonishga intilishi kerak. O'rinbosarlar va asosiy jamoa.
- Uch mavsum avval siz endigina "Qizilqum" jamoasiga kelganingizda, jamoa oq libosda maydonga tushib, "Qizilqum"ga mag'lub bo'lgan edi. Men o'shanda jamoamiz nomi "Qizilqum" deb aytib o'tgan edim...
- Esimda. Har xil libos bo'ladi. Uy libosimiz qizil, safar libosimiz esa oq yoki boshqa rang bo'lishi mumkin-ku.
- Hozir esa buni reglamentga biriktirib qo'yishdi...
- Ko'ryapsizmi, sizning etirozingizni inobatga olishibdi(kuladi).
- Tayanch yarim himoyachisi Shahzod Turopovning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Unga imkoniyat beryapmiz. Harakati yomon emas. Kichik jarohat olib qoldi va shuning uchun uni zaxiraga oldik. O'yindan o'yinga o'sib boryapmiz. Hali jamoa to'liq kirishib keta olmadi. Transferlar oynasida jamoaga kelib qo'shilganlar ham bor.

![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21351 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 25.08.2026 02:08 Ўқилди 18923 "Chelsi" Angliya Premer-ligasi 1-tur bahsida "Fulxem"ni mag'lub etdi |
![]() | 26.08.2026 01:48 Ўқилди 4508 Brunu PFA talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi |
![]() | 22.08.2026 23:56 Ўқилди 4339 A Seriya. "Inter" ilk turda "Monca" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi |
![]() | 24.08.2026 19:56 Ўқилди 4185 “Manchester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi bo'yicha so'rov yubordi |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 4066 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 25.08.2026 01:16 Ўқилди 3816 Behruz Karimovning "Lugano"dagi ilk kuni |
![]() | 24.08.2026 23:40 Ўқилди 3777 "Nyukasl Yunayted" Niko Gonsales transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishib oldi |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3421 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
![]() | 23.08.2026 01:16 Ўқилди 3202 "Inter" Lautaroning "Barsa"ga transferini "hatto 100 mln evroga" ham muhokama qilishni istamaydi |
Реклама
Сайт хақида