
O'yin Dammamdagi "Al Ittifoq - Abdulla Al-Dabil" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuv 3:2 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan nihoyasiga etdi.
12-daqiqada mehmonlar darvozaboni Bento qizil kartochka oldi. 31-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Ondrey Duda hisobni ochdi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda yarim himoyachi Alvaro Medran "Al Ittifoq"ning ustunligini mustahkamladi. 74-daqiqada hujumchi Sadio Mane "Al Nassr"ning hisobdagi farqini qisqartirdi. Uch daqiqa o'tib, himoyachi Abdulela Al Amri muvozanatni tikladi. 90-daqiqada esa Mane dublni rasmiylashtirdi.
"Al Ittifoq" - "Al Nassr" 2:3
Gollar: Duda 31, Medran 45+1 - Mane 74, 90, Al Amri 77.
"Al Nassr" hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu tanaffusda almashtirildi.
Pro-liganing uchta o'yinidan so'ng "Al Ittifoq" 6 ochko to'plab, oltinchi o'rinni egallab turibdi. 9 ochko jamg'argan "Al Nassr" esa birinchi pog'onadan joy olgan.
![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21351 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 25.08.2026 02:08 Ўқилди 18923 "Chelsi" Angliya Premer-ligasi 1-tur bahsida "Fulxem"ni mag'lub etdi |
![]() | 26.08.2026 01:48 Ўқилди 4508 Brunu PFA talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi |
![]() | 22.08.2026 23:56 Ўқилди 4339 A Seriya. "Inter" ilk turda "Monca" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi |
![]() | 24.08.2026 19:56 Ўқилди 4191 “Manchester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi bo'yicha so'rov yubordi |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 4069 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 25.08.2026 01:16 Ўқилди 3816 Behruz Karimovning "Lugano"dagi ilk kuni |
![]() | 24.08.2026 23:40 Ўқилди 3777 "Nyukasl Yunayted" Niko Gonsales transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishib oldi |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3421 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
![]() | 23.08.2026 01:16 Ўқилди 3208 "Inter" Lautaroning "Barsa"ga transferini "hatto 100 mln evroga" ham muhokama qilishni istamaydi |
Реклама
Сайт хақида