"Al Hilol" "Arsenal" futbolchisi uchun 55+4 mln evro taklif qildi
24.08.2026 23:32 Ўқилди: 462
Saudiya Arabistoni klubi 25 yoshli vinger uchun 55 million evro hamda bonus sifatida 4 mln evro taklif qilgan, deb xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs. Tomonlar hamon potencial bitim tuzilmasini muhokama qilishmoqda.
"Al Hilol", shuningdek, futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish ustida ham ish olib bormoqda.
O'tgan mavsumda Martinelli klub safida 53 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygan. JCH-2026 da esa u 4 ta o'yinda 1 ta gol urgan.