Andrey Shipilov: "Mayda detallar hammasini hal qildi"
24.08.2026 22:24 Ўқилди: 1626
Andrey Shipilov: “Hammasini o'zingiz ko'rdingiz, bugun durangga munosib emas edik. Raqibimiz bizdan 2 kun ko'proq dam olgandi, shunga qaramay yigitlar juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Yigitlardan oxirigacha o'ynashni so'ragandim. Mayda detallar hammasini hal qildi. Raqibda bitta imkoniyat bo'ldi va uni golga aylantirishdi.
- Bitta vaziyat bilan ular durangga erishishdi. Bunday holatlarda darvozabon qanchalik jamoasini qutqarishi kerak? - 100% qutqarishi kerak. O'yinning oxiri, hammamiz devor bo'lib turib olishimiz shart edi. Darvozabon esa to'pni qaytarishi. Diqqatni bir joyga jamlaydigan payt edi. Aytganimdek mayda detallar hammasini hal qiladi.