
“Andijon” – “Neftchi” uchrashuvining 50-daqiqasida “Andijon” futbolchisi raqibga butsaning tag qismi bilan qorin qismiga zarba berdi. Futbolchi ushbu jiddiy qoidabuzarligi sababli bosh hakam tomonidan to'g'ridan to'g'ri maydondan chetlatildi.
“Buxoro” – OKMK uchrashuvining 90+1-daqiqasida OKMK himoyachisi uzoq masofadan kelayotgan to'pga qo'li bilan tegdi. Bosh hakam va VAR ushbu vaziyatda o'yinni davom ettirish qarorini qabul qildi. Ammo qo'lning to'pga nisbatan harakati sababli, ushbu vaziyatda penalti belgilash zarur edi.
“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvining 17-daqiqasida “Bunyodkor” futbolchisi o'z jarima maydoni ichida raqib hujumchisining oyog'iga zarba berib, qoida buzdi. Shu sababli ushbu holatda bosh hakam vaziyatni to'g'ri baholab, penalti belgiladi.
“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvining 86-daqiqasida “Bunyodkor” himoyachisi jarima maydonida to'p uchun kurash jarayonida qo'lini cho'zib, tana hajmini notabiiy ravishda kengaytirgan va shu orqali to'p yo'lini to'sib qo'ygan. Hakamlar jamoasining penalti belgilash qarori to'g'ri bo'lgan.
“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvining 37-daqiqasida “Paxtakor” jarima maydoni ichida himoyachi va hujumchi o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi. Ushbu vaziyatda “Paxtakor” himoyachisi birinchi bo'lib to'pga o'ynadi va to'p raqib hujumchisiga tegib, maydonni tark etdi. Himoyachining harakatida qo'shimcha harakatlar qayd etilmadi va to'pga o'ynagandan keyingi to'qnashuv oddiy futbol kontakti hisoblanadi.
Maydondagi qaror burchak zarbasi bo'lganligi sababli, VAR hakamlari yangi VAR protokoliga muvofiq, to'p hujumchidan chiqib ketganligi va darvoza zarbasi belgilanishi kerakligi haqida ma'lumot berdi.
![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96225 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23774 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21105 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 11.08.2026 01:08 Ўқилди 18987 Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14308 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 16.08.2026 19:08 Ўқилди 5944 Superliga. "Nasaf" – "Paxtakor" (matnli translyatsiya) |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5352 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 3907 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 10.08.2026 17:16 Ўқилди 3126 Rasman: “Xorazm”ga "Andijon" sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi va braziliyalik hujumchi keldi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 3058 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
Реклама
Сайт хақида
