Ferran Torres va yana bir o'yinchi PSJda tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Parijga uchib keldi - Romano
15.08.2026 09:48 Ўқилди: 96
Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano "X" (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, ikkala transfer ham tasdiqlangan va kelishilgan.
Avvalroq Torres "Barselona"dan PSJga 50 mln evro evaziga, Godts esa 55 mln evro evaziga o'tishi haqida xabar berilgan edi.
O'tgan mavsumda 21 yoshli belgiyalik vinger "Ayaks" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O'tgan mavsumda 27 yoshli ispaniyalik hujumchi "Barselona" tarkibida 49 ta o'yinda 21 ta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.