
Superliga
17-tur
“Navbahor” – “Bunyodkor” 4:3
Namangan. “Markaziy” stadioni. 19:00
Gollar: Muhammadali G'iyosov 5’, Husayn Norchaev penalti 19’, Diyor Xolmatov 63’, Ruslan Jiyanov penalti 89’ – Sardor Abdunabiev 38’, Dmitriy Pletnyov (Sardor Abdunabiev) 51’, Fahriddin Muhammadov (Nosirjon Abdusalomov) 70’
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Ërdamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymonov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Sanjar Shoyusupov
Komissar: Vladimir Nazarov
“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islombek Mamatkazin, 8.Diyor Xolmatov, 11.Husayn Norchaev, 13.Benjamin Teydi, 17.Muhammadali G'iyosov (6.Shohruh Abdurahmonov, 35), 22.Umar Adhamzoda, 30.Jasurbek Jaloliddinov (7.Ruslanbek Jiyanov, 55), 34.Giorgi Jgerenaya, 77.Muhammadali Usmonov (23.Vanya Ilich, 55).
Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 3.Zafarbek Rahimjonov, 5.Dilshodjon Komilov, 21.Asadbek Rahimjonov, 28.Joel Kojo, 55.Muhammadqodir Hamraliev.
“Bunyodkor”: 16.Federiko Botti, 3.Sardor Rahmonov, 8.Dmitriy Pletnyov, 10.Amir To'raqulov, 11.Sardor Abdunabiev, 13.Muhammad Hakimov, 20.Abdulfayz Bobomurodov (39.Fahriddin Muhammadov, 62), 21.Nosirjon Abdusalomov, 27.Islom Anvarov, 45.Shamsiddin Tursunmahamadov, 66.Azizbek To'lqunbekov.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 17.Muzaffar Olimjonov, 47.Bunyod Bahodirov, 56.Abdulqodir Mirfayziev, 74.Ivan Bukrin, 81.Abdusamir Ilhomov, 88.Mirkamol Annamatov, 97.Muhammadali Adhamov.
Ogohlantirishlar: Shamsiddin Tursunmahamadov (31), Giorgi Jgerenaya (75), Abdulqodir Mirfayziev (90+5).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+5. Mirfayziev Norchaevga nisbatan qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi.
90+1. Jgerenaya Muhammadovning futbolkasidan tortib yiqitdi.
90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi.
89. GOL! Ruslan Jiyanov penaltidan gol urib, hisobni 4:3 ko'rinishiga keltirdi!
88. “Bunyodkor”da 2 ta o'zgarish: Abdusalomov o'rniga Mirfayziev, Abdunabiev o'rniga Ilhomov tushirildi.
86. Penalti! Jiyanovning pasidan so'ng to'p “podkat” bilan sirpanib kelgan To'raqulovning qo'liga tegdi deb topildi.
83. Uuux! Jiyanovning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Kojo bosh bilan zarba berdi, sal noaniq.
83. “Navbahor”da 2 ta almashtirish: Abdurahmonov o'rniga Rahimjonov, Teydi o'rniga Kojo o'yinni davom ettiradi.
81. Bugungi uchrashuvga 18782 tomoshabin kelibdi. Zo'r natija!
79. Uuuux! Ilichning kuchli zarbasidan keyni Botti zarbani qaytardi, qaytgan to'pni esa Abdurahmonov darvozaga aniq yo'llay olmadi.
75. Jgerenaya katta tezlikda to'p bilan oldinga o'tayotgan Abdunabievni ochiqchasiga yiqitdi va sariq kartochka oldi.
74. Uuux! Jiyanovning pasidan so'ng Norchaev zarba berdi, uni Botti bartaraf etdi!
72. To'lqunbekov qanotdan oldinga qochishni niyat qilgan Jiyanovni yiqitishga majbur bo'ldi.
70. GOL! Abdusalomov bitta pas bilan Muhammadovni qulay vaziyatga olib chiqdi, uning erlatib bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib to'rdan joy oldi - 3:3!
69. Zeytullaev ayrim vaziyatlar yuzasidan hakam Abduvohidovga etiroz bildirdi. Referi uni tinchlantirib, biroz vaqt o'tib o'yinni davom ettirdi.
66. Islom Anvarov to'pni olib qo'yish ilinjida Ilichga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
63. GOL! Jiyanovning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Xolmatov darvozaga yo'lladi - 3:2!
62. “Bunyodkor”da almashtirish: Bobomurodov o'rniga Muhammadov maydonga tushdi.
60. Abdunabievga nisbatan qo'pol o'ynagan Mirsaidovga sariq kartochka ko'rsatildi.
56. Ilichning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pidan keyin Rahmonov bosh bilan to'pni uzoqlashtirayotganida to'p qo'lga tekkan bo'lishi mumkin. VAR vaziyatni o'rganmoqda.
55. “Navbahor”da 2 ta o'zgarish: Jaloliddinov o'rniga Jiyanov, Usmonov o'rniga Ilich tushirildi.
51. GOL! Abdunabievdan pas qabul qilib olgan Pletnyov aylanma zarbasi orqali uzoq burchakni poyladi - 2:2!
49. Xolmatovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pidan so'ng ichkarida Mamatkazin va Rahmonov o'zaro to'qnashdi.
47. Bobomurodov to'pni tepish chog'ida maydon tashqarisida turgan Usmonovni aniq poyladi. Muhammadali raqibga etiroz bildirmoqda.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
43. Uuuux! Jaloliddinovning chap oyoqda bergan zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi, to'p darvozaga sho'ng'idi, faqat sal kechroq.
42. Zarbaaa! Xolmatov olis masofadan zarba berdi, noaniq.
39. Anvarov Usmonovga nistaban jiddiy ravishda qoidani buzdi.
38. GOL! Sardor Abdunabiev to'pni o'ngga olgan holda darvoza to'qqizligini aniq nishonga oldi - 2:1!
35. “Navbahor”da o'zgarish: G'iyosov o'rniga Abdurahmonov o'yinni davom ettiradi.
34. Zarbaa! Xolmatovning uzatmasidan keyin Jaloliddinov bosh bilan xavfli zarba berdi, ammo noaniq.
31. Tursunmahamadov G'iyosovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi.
29. Zarba! Abdunabiev jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, zarba berdi va to'p himoyachiga tegib qaytdi.
24. Salqinlanish vaqti e'lon qilindi.
21. Zarbaa! Abdusalomovning jarimadan yo'llagan zarbasiga sal aniqlik yetishmadi.
19. GOL! Namanganliklar hujumchisi Husayn Norchaev penaltidan gol urdi - 2:0!
17. Penalti! To'raqulov G'iyosovning oyog'iga tepdi va penalti belgilandi.
14. “Navbahor” to'pga egalik qilgan holda bahs nazoratini qo'lga olgan.
12. Pletnyov maydon markazida Teydi tomonidan yiqitildi.
8. Zarbaaa! Jaloliddinovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Jgerenaya bosh bilan darvozaga yo'naltirdi, sal noaniq.
7. Mirsaidovning uzatmasidan so'ng Hakimov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
5. GOL! Norchaevning zarbasini Botti qaytardi, qaytgan to'pni G'iyosov darvozaga kiritib, hisobni ochdi - 1:0!
3. Jgerenaya “Bunyodkor” tashkil etgan hujumni bartaraf etdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96123 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23672 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 11.08.2026 01:08 Ўқилди 18888 Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5301 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 05.08.2026 00:56 Ўқилди 3644 "Real" keyingi hafta Vinisius bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, uni sotish ehtimolini ko'rib chiqadi |
![]() | 10.08.2026 17:16 Ўқилди 3093 Rasman: “Xorazm”ga "Andijon" sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi va braziliyalik hujumchi keldi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 3028 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
![]() | 11.08.2026 18:56 Ўқилди 2885 Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi” |
![]() | 07.08.2026 01:56 Ўқилди 2667 Mareska Rodrining o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi |
![]() | 13.08.2026 01:56 Ўқилди 2585 PSJ "Aston Villa"ni mag'lub etib, UEFA Superkubogi sohibi bo'ldi |
Реклама
Сайт хақида
