
Superliga
17-tur
“Navbahor” - “Bunyodkor” 2:2 (LIVE)
Namangan. “Markaziy” stadioni. 19:00
Gol: Muhammadali G'iyosov 5’, Husayn Norchaev penalti 19’ – Sardor Abdunabiev 38’, Dmitriy Pletnyov (Sardor Abdunabiev) 51’
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Ërdamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymonov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Sanjar Shoyusupov
Komissar: Vladimir Nazarov
“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islombek Mamatkazin, 8.Diyor Xolmatov, 11.Husayn Norchaev, 13.Benjamin Teydi, 17.Muhammadali G'iyosov (6.Shohruh Abdurahmonov, 35), 22.Umar Adhamzoda, 30.Jasurbek Jaloliddinov, 34.Giorgi Jgerenaya, 77.Muhammadali Usmonov.
Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 3.Zafarbek Rahimjonov, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Ruslanbek Jiyanov, 21.Asadbek Rahimjonov, 23.Vanya Ilich, 28.Joel Kojo, 55.Muhammadqodir Hamraliev.
“Bunyodkor”: 16.Federiko Botti, 3.Sardor Rahmonov, 8.Dmitriy Pletnyov, 10.Amir To'raqulov, 11.Sardor Abdunabiev, 13.Muhammad Hakimov, 20.Abdulfayz Bobomurodov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 27.Islom Anvarov, 45.Shamsiddin Tursunmahamadov, 66.Azizbek To'lqunbekov.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 17.Muzaffar Olimjonov, 39.Fahriddin Muhammadov, 47.Bunyod Bahodirov, 56.Abdulqodir Mirfayziev, 74.Ivan Bukrin, 81.Abdusamir Ilhomov, 88.Mirkamol Annamatov, 97.Muhammadali Adhamov.
Ogohlantirish: Shamsiddin Tursunmahamadov (31).
51. GOL! Abdunabievdan pas qabul qilib olgan Pletnyov aylanma zarbasi orqali uzoq burchakni poyladi - 2:2!
49. Xolmatovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pidan so'ng ichkarida Mamatkazin va Rahmonov o'zaro to'qnashdi.
47. Bobomurodov to'pni tepish chog'ida maydon tashqarisida turgan Usmonovni aniq poyladi. Muhammadali raqibga etiroz bildirmoqda.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
43. Uuuux! Jaloliddinovning chap oyoqda bergan zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi, to'p darvozaga sho'ng'idi, faqat sal kechroq.
42. Zarbaaa! Xolmatov olis masofadan zarba berdi, noaniq.
39. Anvarov Usmonovga nistaban jiddiy ravishda qoidani buzdi.
38. GOL! Sardor Abdunabiev to'pni o'ngga olgan holda darvoza to'qqizligini aniq nishonga oldi - 2:1!
35. “Navbahor”da o'zgarish: G'iyosov o'rniga Abdurahmonov o'yinni davom ettiradi.
34. Zarbaa! Xolmatovning uzatmasidan keyin Jaloliddinov bosh bilan xavfli zarba berdi, ammo noaniq.
31. Tursunmahamadov G'iyosovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi.
29. Zarba! Abdunabiev jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, zarba berdi va to'p himoyachiga tegib qaytdi.
24. Salqinlanish vaqti e'lon qilindi.
21. Zarbaa! Abdusalomovning jarimadan yo'llagan zarbasiga sal aniqlik yetishmadi.
19. GOL! Namanganliklar hujumchisi Husayn Norchaev penaltidan gol urdi - 2:0!
17. Penalti! To'raqulov G'iyosovning oyog'iga tepdi va penalti belgilandi.
14. “Navbahor” to'pga egalik qilgan holda bahs nazoratini qo'lga olgan.
12. Pletnyov maydon markazida Teydi tomonidan yiqitildi.
8. Zarbaaa! Jaloliddinovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Jgerenaya bosh bilan darvozaga yo'naltirdi, sal noaniq.
7. Mirsaidovning uzatmasidan so'ng Hakimov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
5. GOL! Norchaevning zarbasini Botti qaytardi, qaytgan to'pni G'iyosov darvozaga kiritib, hisobni ochdi - 1:0!
3. Jgerenaya “Bunyodkor” tashkil etgan hujumni bartaraf etdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96123 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23672 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 11.08.2026 01:08 Ўқилди 18888 Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5301 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 05.08.2026 00:56 Ўқилди 3644 "Real" keyingi hafta Vinisius bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, uni sotish ehtimolini ko'rib chiqadi |
![]() | 10.08.2026 17:16 Ўқилди 3093 Rasman: “Xorazm”ga "Andijon" sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi va braziliyalik hujumchi keldi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 3028 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
![]() | 11.08.2026 18:56 Ўқилди 2885 Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi” |
![]() | 07.08.2026 01:56 Ўқилди 2667 Mareska Rodrining o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi |
![]() | 13.08.2026 01:56 Ўқилди 2585 PSJ "Aston Villa"ni mag'lub etib, UEFA Superkubogi sohibi bo'ldi |
Реклама
Сайт хақида
