Mourinyu Shevchenkoning “Chelsi”ga o'tishi haqida: “Uni sotib olishni xohlamaganman, menga Eto'O kerak edi”
11.08.2026 13:40 Ўқилди: 234
“Shevchenkoning nomi xo'jayin [“Chelsi” egasi Roman Abramovich] va agentlar bilan aloqalari sabab kun tartibiga chiqqandi. Men uni jamoada ko'rishni hech qachon xohlamaganman, lekin bu haqda hech kimga aytmaganman, shuning uchun bu menga ham mas'uliyat yuklaydi. Men aslida qaysi o'yinchini xohlagandim? Samyuel Eto'Oni”, – dedi Mourinyu.
Shevchenko “Chelsi”ga “Milan”dan o'tgan va 2006 yildan 2009 yilgacha londonliklar sharafini himoya qilgan. Hujumchi barcha turnirlarda 77 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Mourinyu “Chelsi”ni 2004-2007 va 2013-2015 yillarda boshqargan.