“Shaxsiy hayotga daxl qilishdi”: Messi otasining dafn marosimidagi xatti-harakatlar sababli OAVni sudga beradi
10.08.2026 14:32 Ўқилди: 229
Bu haqda argentinalik jurnalist Fran Kasaretto X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Jurnalist o'z postida shunday yozgan: “Messi Xorxe Messi bilan xayrlashuv paytida oilaning shaxsiy hayot daxlsizligini buzgan Argentina OAVga qarshi qonuniy choralar ko'rishini tasdiqladi”.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Messining otasi bilan xayrlashuv marosimi kecha, 9 avgust kuni bo'lib o'tgani haqida xabar berilgandi. Dafn marosimi yuqori xavfsizlik choralari va ko'plab soqchilar kuzatuvi ostida o'tkazilgan. Bir qator manbalarga ko'ra, marosimda faqatgina futbolchining oila a'zolari ishtirok etgan.