“Liverpul” yarim himoyachisi “Manchester Siti”ga o'tishi mumkin
10.08.2026 13:08 Ўқилди: 2021
Jurnalist Mett Tilenning so'zlariga ko'ra, “Manchester Siti” shov-shuvli transfer imkoniyatlarini o'rganib chiqish uchun “qizillar” yarim himoyachisining vakillari bilan bog'langan. Argentinalik futbolchi Rodri jamoani tark etgan taqdirda tarkibni kuchaytirishi mumkin bo'lgan nomzodlar ro'yxatidan o'rin olgan.
Hozircha muzokaralar faqatgina Mak Allisterning atrofidagi insonlar bilan olib borilmoqda - “shaharliklar” va “Liverpul” o'rtasida biror bir kelishuv mavjudligi haqida ma'lumot yo'q.
Rodrining kelajagi esa hanuz noaniqligicha qolmoqda. “Manchester Siti” avvalroq “Barselona”ning ispaniyalik futbolchi bo'yicha bergan dastlabki taklifini rad etgandi, shu sababli uning klubdan ketishi hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Agar Rodri bilan bog'liq vaziyat o'zgarsa, Mak Allister “shaharliklar” yarim himoya chizig'ini qayta shakllantirishda asosiy variantlardan biriga aylanishi mumkin.