Infantinoning jazmani UEFAdan ketganidan so'ng qancha tovon puli olgani ma'lum
10.08.2026 08:16 Ўқилди: 484
Ushbu summaga, xususan, biznes-maktabdagi MBA dasturi bo'yicha o'qish xarajatlari ham kiritilgan. Bundan tashqari, Infantino bilan munosabatda bo'lgan davrida ayol mamuriy lavozimdan rahbarlik lavozimiga o'tkazilgach, UEFAdagi ish faoliyati davomida uning maoshi taxminan 25 000 funtga (29 000 evro) oshgan.
Avvalroq, Djanni tashkilot bosh kotibi lavozimini egallab turgan vaqtda UEFA hozirda FIFA prezidenti bo'lgan Infantinoning jazmaniga ortiqcha olti xonali tovon puli to'lagani haqida xabar berilgan edi. Shu sababli UEFA Infantinoning tashkilotdagi butun 16 yillik faoliyati bo'yicha tekshiruv boshlash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.