
O'tgan hafta FIFA jahon chempionati huquqlarini xususiy investorlarga sotish uchun yangi tijoriy tuzilma - FIFA Forward Enterprise (FFE) yaratmoqchi ekani ma'lum bo'lgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederatsiyalari tanqidi va UEFAga a'zo davlatlar tomonidan JCHni boykot qilish tahdidi fonvida bu g'oyadan voz kechishga qaror qildi.
"Men FIFA muammolari haqida 10 000 so'z yozishim mumkin edi. Lekin echim atigi uchta banddan iborat: Infantino ketishi kerak. Men butun hayotim davomida futbolni sevganman. Men 20 yil davomida professional o'yinchi bo'lganman. Ishoning, kareram davomida ko'plab nopok odamlarni uchratganman. Lekin so'nggi 10 kun ichida ko'rganim - bu men shu vaqtgacha kuzatgan eng past, eng yolg'onchi va qo'rqoqlarcha manfaatparast xatti-harakatdir. Bunday ishga qo'l ura oladigan odam - faqat o'zi va do'stlarini boyitish maqsadida shunday ulkan o'zgarishlarni o'tkazishga urinayotgan shaxs futbolning o'tmish sarqiti hisoblanadi va unga futbol kelajagida o'rin yo'q. Agar bu shunchalik yaxshi g'oya bo'lsa, nega jahon chempionati finali oldidan bir xonaga to'planganingizda bu haqda tashkilotingiz a'zolariga gapirib bermadingiz? Agar bu shunchalik puxta o'ylangan reja bo'lgan bo'lsa, nega ularning xavflari hamda siz ustunlik deb atayotgan jihatlari haqida gapirib bermadingiz? Agar bu sxema aniq-ravshan bo'lganida, nega oxir-oqibat yiliga 30 million dollar maosh oladigan ishga ega bo'lishingizni ochiqchasiga aytmadingiz? Lekin bularning hech biri qilinmadi. Chunki bu yomon g'oya. Xususiy investiciya fondlari har doim intiladigan vayronkor foyda haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilmasangiz, bu ishonchli g'oya emas. Ulushingizni sotganingizdan keyin u butunlay yo'qolib ketishini va vorislaringizni Jahon kubogiga egalik qilish huquqidan mahrum qilishingizni tushuntirmasangiz, bu jasur g'oya emas. Va nihoyat, Jahon kubogini Vashingtondagi do'stlaringizga likopchada tutqazganingizdan keyin ular sizga hozirgi maoshingizdan besh barobar ko'p daromad taminlaydigan ish berishini tilga olmasangiz, bu nohaqlikdir", – deb yozdi Figu o'z kolonnasida.
![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96105 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23660 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 11.08.2026 01:08 Ўқилди 18867 Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5274 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 05.08.2026 00:56 Ўқилди 3638 "Real" keyingi hafta Vinisius bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, uni sotish ehtimolini ko'rib chiqadi |
![]() | 10.08.2026 17:16 Ўқилди 3081 Rasman: “Xorazm”ga "Andijon" sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi va braziliyalik hujumchi keldi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 3019 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
![]() | 11.08.2026 18:56 Ўқилди 2870 Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi” |
![]() | 07.08.2026 01:56 Ўқилди 2661 Mareska Rodrining o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi |
![]() | 13.08.2026 01:56 Ўқилди 2564 PSJ "Aston Villa"ni mag'lub etib, UEFA Superkubogi sohibi bo'ldi |
Реклама
Сайт хақида
