
- O'yin haqida fikringiz?
- Turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqib o'yin ahamiyati yuqori edi. Negaki "Aral" peshqadam, biz esa ikkinchi o'rinda boryapmiz. Shunga ko'ra, maqsadimiz ijobiy natija qayd etib, "Aral"ni uzoqlashtirmaslik edi. "Aral" uchrashuvda hisobni ochganidan keyin biz ham to'p kiritdik, lekin negadir golimiz inobatga olinmadi. Shundan so'ng ham hujumga ko'proq e'tibor qaratib, qarshi hujumda raqib hujumini o'tkazib yubordik. Oxirigacha kurashdik, faqat o'zimiz xohlagan natijaga erisha olmadik. Bu maydonda "Aral" kabi futbol o'ynay olmasligimiz ko'rinib qoldi.
- Bir yarim oylik tanaffus paytida bu o'yinga tayyorgarlik qanday kechdi?
- Birinchi navbatda sun'iy maydonga moslashib olishimiz zarur edi hamda futbolchilarga "Aral" standart vaziyatlardan juda yaxshi foydalanishini aytgandik. Afsuski, standart vaziyatdan gol o'tkazdik, qolaversa sun'iy maydonda to'p erga tushsa teparoq sakraydi, bu kabi jihatlarni ham e'tiborga olishimiz kerak edi. To'g'ri taktika tanlashga harakat qildik. Bu o'yinda "Aral" yaxshi himoyalandi, biz esa hujumda yomon harakat qildik. G'alaba bilan raqibimizni tabriklayman.
- Hozircha transfer oynasi ochiq. 10 avgustga qadar yangi futbolchilar keladimi?
- Proligada hamma jamoalar oxirigacha kurashyapti. Shu bois transfer borasida ham adashmasdan ish tutishga to'g'ri keladi. Bunday vaziyatda malakali futbolchilar kerak. Bizga kurashuvchan, tez fikrlaydigan o'yinchilar kerak va bu borada ish olib boryapmiz.
- "Aral"da bo'ydor markaziy himoyachilar o'ynadi. Bu holat ham inobatga olinganmidi?
- O'rtada to'p yo'qotganimiz ikkinchi golga olib keldi. "Aral"da nafaqat markaziy himoyachilar, qanot himoyachilari ham yaxshi o'ynadi. Biz esa oddiy to'p uzatishlarda xatoga yo'l qo'ydik. Paytida to'p oshirmaganimiz sababli ko'p hujumlarimiz to'xtab qoldi.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191679 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112475 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104349 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62590 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25685 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21919 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19103 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16366 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
![]() | 21.07.2026 03:16 Ўқилди 14044 Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi |
![]() | 20.07.2026 01:11 Ўқилди 11728 JCH-2026 finali oldidan AQSH madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi |
Реклама
Сайт хақида