
- O'yin haqida fikringiz?
- Juda yaxshi raqibga qarshi o'ynadik va bahs yaxshi kechdi deb o'ylayman. Raqib bizni yaxshi o'rganibdi, qaysidir vaziyatlarni bilib o'ynashdi. Bizning jamoa ham ko'p harakat qildi, bazi hollarda omad kelmadi. Yigitlarimizga bor kuch bilan harakat qilishgani uchun rahmat. Futbol shunaqa, vaziyatdan foydalanmasang va raqib foydalanib gol ursa mag'lubiyatga uchrashing mumkin. Bugun ham shunday bo'ldi. Imkon qadar har bir vaziyatdan unumli foydalanib g'alaba qozonishga harakat qilish kerak. Umid qilamanki, keyingi bellashuvlarda g'alabaga erishamiz.
- Tarkibdagi yo'qotishlarga qaramay, "Surxon" mavsumning ikkinchi yarmini yaxshi boshladi. Safarda "Andijon" mag'lub etildi. Andijondagi o'yin bilan taqqoslaganda bugun jamoangizga nima yetishmadi?
- Balki "Andijon" bizdan qanday o'yin ko'rsatishimizni kutmagandir, lekin "Dinamo" bizni yaxshi o'rganibdi. Qolaversa "Dinamo"ni Vadim Abramovdek kuchli murabbiy boshqaryapti. Karlenovichni juda hurmat qilaman va g'alaba bilan tabriklayman. U kishi futbolda ko'p narsani ko'rgan va qanday ishlashni biladi. Biz ham vaziyat yaratishga harakat qildik, lekin biroz og'ir kechdi.
- Bugun futbol o'ynashni xush ko'radigan ikki jamoa o'zaro bahs olib bordi. Bu kabi o'yinlarda individual mahorat egalari ko'p narsani hal qilib qo'yishi mumkin. Masalan, bugun Anvar Hojimirzaev o'zini ko'rsatgan bo'lsa, "Surxon"da Chineduning yo'qligi bilindi.
- Gapingizda jon bor. Jamoamizni yaxshi futbolchi tark etdi. Chineduning o'rnini birdaniga to'ldirish oson bo'lmaydi. Yoshlarga e'tibor qaratamiz va yoshlardan kimdir chiqishiga umid qilamiz. Agar imkonimiz bo'lsa chetdan hujumchi olamiz.
- Behruz Karimovning taqdiri hal bo'ldimi?
- Unga dam berishga qaror qilganmiz. Bilishimcha, Behruz borasida boshqa klublar bilan muzokaralar ketyapti. Mening ishim qo'l ostimdagi jamoani shug'ullantirib keyingi o'yinlarga tayyorlash. Shu bois hozir fikru xayolim qo'l ostimdagi jamoa bilan bog'liq. Behruzga omad tilab qolaman, u bizga ko'p yordam berdi. Qaysidir yaxshi klubga borib o'ynasa, bundan hammamiz xursand bo'lamiz.
- "Surxon" yana o'z maydonida o'ynamayapti. Jamoa bu mavsum Termizga qaytishi mumkinmi?
- Uyda devorlar ham yordam beradi deb bejiz aytishmagan. Bugun nominal mezbon bo'lganimiz bilan 90 foiz muxlislar "Dinamo"ni qo'llab turishdi. Albatta, biz ham uy bahslarini Termizda o'tkazishni xohlaymiz, lekin hozircha vaziyat boshqa. "Surxon Arena" maydoniga urug' sepishgandi, lekin jazirama issiq kuydirib yubordi. Shu bois hozircha uy uchrashuvlarini Termizda o'tkaza olmayapmiz. Umid qilamanki, tez orada yana qaytamiz.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191646 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112454 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104340 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62578 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41680 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25698 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25673 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21913 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19085 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16357 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
Реклама
Сайт хақида