FIFA faoliyatini yakunlagan Gilyermo Ochoaga murojaat qildi
23.07.2026 22:55 Ўқилди: 453
FIFA matbuot xizmati sobiq meksikalik darvozabon Gilyermo Ochoaga bag‘ishlangan post e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda futbolchi rasman butsalarini mixga ildi.
«Jahon chempionatlari tarixidagi yoshi eng katta oltinchi o‘yinchi va turnirning haqiqiy afsonasi. Bu yil o‘zining rekord darajadagi oltinchi mundialda ishtirok etgan meksikalik Gilyermo Ochoa futboldan ketishini e’lon qildi. Nafaqada senga barcha eng ezgu tilaklarni tilaymiz, Gilyermo!», — deyiladi tashkilot matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, Ochoa Meksika terma jamoasi safida 154 ta o‘yinda maydonga tushgan, uning faoliyatidagi so‘nggi klubi Limasolning AYEL jamoasi bo‘ldi. U professional faoliyatidagi aksariyat o‘yinlarini o‘tkazgan «Amerika» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, u «Ayachcho», «Malaga», «Granada», «Standard» va boshqa jamoalar sharafini himoya qilgan.