
Superliga
13-tur
"Navbahor" – "Qizilqum" 1:1
Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 20:00
Bosh hakam: Jasur Muxtorov
Qanot hakamlari: Islom Azimov, Adhamjon Rixsiboev
Zaxira hakami: Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Dildora Rustamova
Komissar: Adelya Kurmaeva
Gollar: 1:0 – 15, Dilshod Komilov (Georgiy Jgerenaya); 1:1 – 19, Nikola Kumburovich (Jambuli Jigauri)
"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Islom Mamatkazin (2.Saidazamat Mirsaidov, 46), 5.Dilshod Komilov, 7.Ruslan Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov (28.Joel Kojo, 81), 11.Husayn Norchaev, 20.Quvondiq Ro'ziev (13.Benjamin Teydi, 46), 21.Asadbek Rahimjonov, 34.Georgiy Jgerenaya, 70.Abbos G'ulomov (30.Jasur Jaloliddinov, 46), 97.Aleks Fernandes (17.Muhammadali G'iyosov, 87)
Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 3.Zafarbek Rahimjonov, 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich.
"Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 8.Shahzodbek Rahmatullaev, 10.Islom Kenjaboev (88.Otabek Jo'raqo'ziev, 5 (14.Elbek Otaqulov, 79)), 11.Luka Ratkovich, 15.Nikola Kumburovich, 23.Samandar Shukurillaev, 31.Jambuli Jigauri (18.Abbosbek Abdug'afforov, 63), 34.Grigol Chabradze (7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 63), 44.G'iyosjon Rizaqulov, 70.Duglas Maykon, 77.Diyor Rahmatilloev (20.Bobomurod Bozorov, 79)
Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Ilhomjon Vahobov, 9.Shahzod Turopov, 19.Ilhomjon Kenjaev.
Ogohlantirish: Duglas Maykon (59), Fayzullobek Jumanqo'ziev (64)
90+7' – O'yin yakunlandi!
Bosh hakamning hushtagi chalindi va shiddatli, ehtiroslarga boy o'yin o'z nihoyasiga etdi. "Navbahor" va "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1 – 1 hisobidagi durang bilan yakun topdi.
Birinchi bo'limda Dilshod Komilov hamda Nikola Kumburovich tomonidan kiritilgan gollar o'yinning yakuniy hisobini belgilab berdi. Ikkinchi bo'limda har ikki jamoada ham juda ko'p imkoniyatlar, xavfli vaziyatlar va hatto VAR tomonidan bekor qilingan gol bo'lgan bo'lsa-da, hisob boshqa o'zgarmadi. Jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi.
Biz bilan birga bo'lganingiz uchun tashakkur! Xayr, salomat bo'ling!
90+4' – To'p yana ustun yonginamizdan o'tib ketdi! "Navbahor"ning o'ng qanot himoyachisi Saidazamat Mirsaidov raqib jarima maydonchasi ichiga shiddat bilan yorib kirdi va xavfli zarba yo'lladi. To'p darvoza ustunining yonidan maydonni tark etdi. Biroq vaziyat yakunlangach, yon hakam bayroqchasini ko'tardi – Mirsaidov to'pni qabul qilib olayotgan paytda ofsayd holatida bo'lgan ekan.
90' – Asosiy vaqt nihoyasiga etdi! Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar, VAR tekshiruvlari va almashtirishlar evaziga bosh hakam o'yinga 7 daqiqa vaqt qo'shib berdi. Oldinda bizni murosasiz kechadigan, hayajonga boy so'nggi daqiqalar kutmoqda!
87' – "Navbahor" tarkibida navbatdagi o'zgarish! Raqib darvozasiga xavf solib turgan Aleks Fernandes o'zining maydondagi harakatlarini yakunladi – uning o'rniga o'yinga Muhammadali G'iyosov qo'shildi. Namanganliklar so'nggi daqiqalarda hujumda yanada yangi kuchga ega bo'lishmoqda.
86' – Yana bir xavfli vaziyat! "Navbahor" hujumchisi Aleks Fernandes 20 – 25 metrlar atrofidan chap oyoqda erlatib kuchli zarba yo'lladi. To'p "Qizilqum" darvozasi ustunining yonginasidan o'tib ketdi. Mehmonlar posboni Farhod Rahmatov bu vaziyatda faqat nigohi bilan to'pni kuzatib qolishga majbur bo'ldi.
85' – VAR ham ishga tushdi va vaziyatni sinchkovlik bilan tekshirib chiqdi. Videoassistentlar hakamning qarorini maqullashdi – ofsayd o'z kuchida qoldi, hisob o'zgarmaydi: 1 – 1. Oxirgi daqiqalarda maydondagi ehtiroslar juda yuqori darajada!
83' – Gol... ammo hisobga olinmadi! "Qizilqum" vakili Fayzullobek Jumanqo'ziev raqib himoyachilaridan qochib kyetib, O'tkir Yusupov bilan birga – bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvozaga joyladi. Biroq namanganliklar muxlislari xursand bo'lishlari mumkin – yon hakam allaqachon bayroqchasini ko'tarib bo'lgan edi. Ofsayd sababli gol bekor qilindi!
81' – "Navbahor" tarkibida ham o'zgarish! Murabbiylar hujum chizig'ini kuchaytirishga qaror qilishdi: Diyor Xolmatov o'rniga o'yinga Joel Kojo qo'shildi. Namanganliklar so'nggi daqiqalarda bosimni oshirishni maqsad qilishgani ko'rinib turibdi.
79' – "Qizilqum" tarkibida navbatdagi juft o'zgarish! Murabbiylar o'yin tempini ushlab turish uchun yangi futbolchilarni maydonga tushirmoqda: Diyor Raxmatilloev o'z o'rnini Bobomurod Bozorovga bo'shatib berdi, shuningdek, Otabek Jo'raqo'ziev o'rniga Elbek Otaqulov bahsga qo'shildi.
77' – Xavfli vaziyat! "Qizilqum" vakillari tezkor qarshi hujumga o'tishdi. Fayzullobek Jumanqo'ziev o'ng qanotdan shiddat bilan "Navbahor" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi – to'p tashqi tomondan to'rga tegdi. Namanganliklar muxlislari engil tin olishmoqda.
70' – "Navbahor" jarima maydonchasi ichida bahsli vaziyat! "Qizilqum" vakili Diyor Raxmatilloev "Navbahor"ning legioneri Aleks Fernandes bilan elkama – elka kurashda maydonga yiqildi. Mehmonlar penalti so'rashmoqda, ammo bosh hakam vaziyatni yaqindan kuzatib turdi va o'yin qoidasi buzilmaganini bildirib, harakatni davom ettirishga qaror qildi.
66' – Maydonda ehtiroslar qizimoqda! So'nggi daqiqalarda o'yinga qo'shilgan Fayzullobek Jumanqo'ziev yana diqqat markazida. Bu safar u "Navbahor" a'zosi Ruslan Jiyanovning oyog'ini bosib oldi. Maydonda ikkinchi sariq kartochka hisobidan maydondan chetlatish xavfi paydo bo'lgan edi, biroq bosh hakam bu vaziyatda kechirimli bo'ldi va navoiyliklar hujumchisini so'zzaki ogohlantirish bilan cheklandi.
64' – Navbatdagi hakam qarori va yana bir sariq kartochka! "Qizilqum" hujumchisi Fayzullobek Jumanqo'ziev maydonga tushishi bilan shiddatli harakat qildi, ammo to'p uchun kurashda "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov bilan to'qnashib ketdi. Bosh hakam bu qo'pollikni e'tiborsiz qoldirmadi va Jumanqo'zievga ogohlantirish ko'rsatdi.
63' – "Qizilqum" tarkibida ham bir yo'la ikkita o'zgarish! Murabbiylar shtabi maydonga yangi kuchlarni tashlamoqda: Grigol Chabradze o'rnini Fayzullobek Jumanqo'zievga bo'shatib bergan bo'lsa, Jambuli Jigauri o'rniga Abbosbek Abdug'afforov o'yinga qo'shildi.
59' – Maydanda sariq kartochka! "Navbahor" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Uning reydlarini to'xtatib qolishga majbur bo'lgan "Qizilqum" futbolchisi Duglas Maykon qoidani buzgani uchun bosh hakam tomonidan ogohlantirildi va sariq kartochka bilan jazolandi.
51' – "Navbahor"da standart vaziyat! Jasur Jaloliddinov jarima zarbasini direkt ravishda darvozaga yo'naltirdi. Zarba aniq chiqdi, ammo "Qizilqum" posboni Farhod Rahmatov to'g'ri poziciya tanlay oldi va to'pni egallab oldi.
46' – Ikkinchi bo'lim boshlandi!
"Navbahor" murabbiylar shtabi tanaffusda tarkibda bir yo'la uchta o'zgarishga qo'l urdi. Maydonga yangi kuchlar tashlanmoqda – maydonni tark etgan futbolchilar o'rniga zaxiradan tushgan o'yinchilar bahsga qo'shildi. Jamoalar yana kurashga kirishdi!
45+2' – Bosh hakam xushtagi chalindi – birinchi bo'lim yakunlandi!
Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobidagi durang bilan yo'l olishmoqda. "Navbahor" tarkibida 15-daqiqada Komilov hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay "Qizilqum" vakili Kumburovich muvozanatni tikladi. Tezkor va shiddatli kechgan birinchi bo'limdan so'ng futbolchilar kiyinish xonasiga yo'l olishdi.
45' – Birinchi bo'limning asosiy vaqti nihoyasiga etdi. Bosh hakam tomonidan bahsning birinchi yarmiga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
43' – "Qizilqum" juda qulay imkoniyatni boy berdi! Mehmonlar qarshi hujumda ikkiga bir ko'rinishidagi xavfli vaziyatga chiqib borishgandi. Biroq Shahzodbek Rahmatullaev pas berishni xohlamadi yoki qulay poziciyadagi sherigini ko'rmay qoldi – u raqibini aldab o'tishga urinib, to'pni oldirib qo'ydi va tayyor imkoniyatni ko'kka sovurdi.
39' – Xavfli vaziyat! "Navbahor" hujumchisi Husayn Norchaev chap oyoqda darvozaning uzoq burchagini aniq mo'ljalga oldi. Biroq "Qizilqum" posboni Farhod Rahmatov ajoyib seyv ko'rsatib, to'pni qaytarib yuborishga erishdi!
35' – Xavfli vaziyat! "Navbahor" avtogol o'tkazib yuborishiga bir baxya qoldi. "Qizilqum" futbolchisi Shahzodbek Rahmatullaev chap qanotdan markazga uzatma berdi, Diyor Xolmatov esa to'pni o'z darvozasi tomon qaytarib yubordi. Jamoadoshining bu kutilmagan zarbasini "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov oyoqlari bilan qaytarishga erishdi! Hujumning davomida uzatmani amalga oshirgan Shahzodbek Rahmatullaev ofsaydda qolgani ma'lum bo'ldi.
34' – Xavfli vaziyat! Islom Mamatkazin olis masofadan raqib darvozasi tomon juda kuchli zarba yo'lladi. "Qizilqum" posboni Farhod Rahmatov bu vaziyatda zarbaga reakciya qila olmay qolgandi, ammo baxtiga to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi!
27' – O'yin tempi sekinlashib, xavfli vaziyatlar kamaydi.
20' – "Qizilqum" ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirmoqda! Dastlab Luka Ratkovichning bergan kuchli zarbasini "Navbahor" himoyachisi o'z tanasi bilan to'sib qoldi. Qaytgan to'pga esa Jambuli Jigauri juda xavfli zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi!
19' – GOL! "Qizilqum" muvozanatni tikladi! Jambuli Jigauri tomonidan burchakdan uzatilgan to'pga Nikola Kumburovich hammadan baland sakrab, bosh bilan kuchli zarba yo'lladi. "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov zarbani qaytarishga ojiz qoldi va to'p darvoza to'ridan joy oldi!
17' – Xavfli vaziyat! Gol muallifi Dilshod Komilov o'z maydonchasi atrofida qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. "Qizilqum" futbolchisi Grigol Chabradze to'pni olib qo'yib, o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va markazga – Luka Ratkovich tomon uzatdi. Baxtga qarshi, "Navbahor" himoyachisi Islom Mamatkazin epchillik ko'rsatib, xavfni bartaraf etdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
15' – GOL! "Navbahor" hisobni ochmoqda! Georgiy Jgerenaya chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga juda aniq uzatmani amalga oshirdi. Dilshod Komilov esa raqib himoyachilaridan o'zini ozod qilib, bosh bilan darvozaga aniq zarba yo'lladi va to'pni to'rga joylab qo'ydi!
13' – Xavfli vaziyat! "Navbahor" hujumchisi Ruslan Jiyanov o'ng qanotda raqib futbolchisi Otabek Jo'raqo'zievni chiroyli aldab o'tdi va jarima maydoni markaziga xavfli uzatma oshirdi. Biroq "Qizilqum" himoyachisi chaqqonlik ko'rsatib, to'pni uzoqlashtirishga erishdi.
5' – "Qizilqum" tarkibida erta majburiy o'zgarish! Jamoa vakili Islom Kenjaboev eski jarohati bezovta qilgani bois maydonni tark etmoqda.
Uning o'rniga maydonga Otabek Jo'raqo'ziev tushirildi.
1' – Hakamning hushtagi chalindi va "Navbahor" hamda "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga start berildi! Futbolchilar to'pni o'yinga kiritishdi.
Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Maydon egalari – "Navbahor" futbolchilari ko'k rangli libosda, mehmonlar – "Qizilqum" a'zolari esa ananaviy qizil liboslarda harakat qilishadi.
Hammasi o'yinni boshlash uchun tayyor!
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191646 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112454 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104340 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62578 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41680 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25698 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25673 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21913 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19082 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16357 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
Реклама
Сайт хақида