Yevropa Kengashi chiqargan hisobotga ko‘ra, JCHdagi ba’zi o‘yinlar sho‘bhali deb qayd etilgan. O‘yinlarning ehtimoliy kelishilganlik fakti bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi. Bu haqda RMC Sport manbasiga tayanib The Touchline xabar bermoqda.
Yevropa Kengashi hisobotida Meksika va JAR o‘rtasidagi uchrashuvda Temba Zvanega ko‘rsatilgan qizil kartochka sho‘bhali deb atalgan. Ushbu o‘yin mundialning ochilish o‘yini edi.
Shuningdek, Ispaniya — Kabo-Verde bahsidagi durangga tikilgan stavka fakti ham qayd etilgan. Qaysidir shaxs o‘yin boshlanishidan oldin 4,5 million dollardan ortiq mablag‘ tikkan. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan.
Shu bilan birga, FIFA tikilgan stavkalar JCH o‘yinlari natijalariga ta’sir qilgani bo‘yicha hech qanday dalil topilmaganini ma’lum qildi.