“Arsenal” jarohat olgan Salibaning o'rniga Stounz bilan bitim tuzishi mumkin
23.07.2026 19:56 Ўқилди: 287
“The Athletic” nashri xabariga ko'ra, endi “kanonirlar” yozda markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
London klubi “Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Jon Stounzga qiziqish bildirmoqda. 32 yoshli angliyalik futbolchi hozirda erkin agent maqomida bo'lib turibdi. Ilgari u “shaharliklar” safida londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan birga ishlagan.
Shuningdek, “Arsenal” “Aston Villa” a'zosi Ezri Konsaga ham qiziqish bildiryapti. Biroq klublar himoyachining transfer bahosi bo'yicha bir to'xtamga kela olishmayapti.