Ronaldo va Roberto Karlos Braziliya klubini sotib olmoqchi
23.07.2026 18:22 Ўқилди: 267
Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionlari Ronaldo va Roberto Karlos Braziliya chempionatining uchinchi divizionida ishtirok etuvchi «Internasyonal Limeyra» klubini sotib olishni rejalashtirmoqda.
«Ronaldo, men, Enriko va yana ikki nafar sherigimiz «Internasyonal Limeyra»ni sotib olyapmiz. Men viloyat klublari bilan yaqinoq tanishib, ularga homiylar topishda hamda hududiy futbolni o‘z davrimizdagi darajaga qaytarib, qayta tiklashda yordam bermoqchiman», — deydi Karlosning so‘zlarini keltirgan Marca.
53 yoshli Roberto Karlos — Braziliya terma jamoasi tarkibida 2002 yilgi jahon chempioni va ikki karra Amerika kubogi sohibi. Klubdagi faoliyati davomida u «Real» bilan uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, to‘rt marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va boshqa qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. 49 yoshli Ronaldo esa — ikki karra jahon chempioni va ikki karra «Oltin to‘p» sohibidir. U 2018 yildan 2025 yilgacha Ispaniyaning «Valyadolid» klubi nazorat paketi aksiyalariga egalik qilgan.