Jazoir terma jamoasi rekorchisi terma jamoa bilan xayrlashdi
23.07.2026 18:11 Ўқилди: 81
Jazoir terma jamoasi sardori Aissa Mandi xalqaro faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. 34 yoshli futbolchi Riyod Mahrezning shu kabi bayonotidan bir necha kun o‘tib bu haqda e’lon qildi.
«Men uchun sizlar bilan xayrlashish vaqti keldi», — dedi Mandi ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan videomurojaatida.
JCH-2026 da Jazoir terma jamoasi 1/16 finalda Shveysariyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan edi.
Mandi terma jamoasi libosida eng ko‘p maydonga tushgan rekordchi hisoblanadi — 122 ta o‘yin va 8 ta gol. U milliy terma jamoa sharafini 2014 yilning martidan beri himoya qilib kelayotgan edi.