Kazemiro «Inter Mayami» bilan 2027 yil oxirigacha shartnoma imzoladi
22.07.2026 23:55 Ўқилди: 23
«Inter Mayami» klubi braziliyalik tajribali yarim himoyachi Kazemiro bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
UYEFA Chempionlar ligasining besh karra g‘olibi erkin agent sifatida jamoaga qo‘shildi. Tomonlar o‘rtasidagi bitim 2027 yil mavsumi oxirigacha amal qiladi. Shuningdek, shartnomani 2029 yil iyunigacha uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Kazemiro viza rasmiylashtirilganidan keyin jamoa safiga qo‘shiladi.
Avvalroq «Manchester Yunayted» klubi Kazemironing jamoani tark etganini tasdiqlagan edi. Braziliyalik futbolchi 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasida 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kazemiro faoliyati davomida «San-Paulu» (2010–2013), «Real» (2013–2022), «Portu» (2014–2015, ijara asosida) hamda «Manchester Yunayted» klublari safida to‘p surgan.