
– O'yin haqida fikringiz...
– Bugungi g'alabaga teng durang bilan barcha Andijondan kelgan muxlislarimizni, Andijon xalqini, viloyat hokimimizni tabriklaymiz. Yigitlarga oxirigacha kurashgani, xarakter ko'rsatib, o'yinni tashlab yubormasdan oxirigacha harakat qilgani uchun kattakon rahmat aytaman.
O'yinga keladigan bo'lsak, qiyin kechishini bilardik. Sababi, o'z uyimizda "Surxon" jamoasiga yutqazib qo'yganimiz bois yigitlarda biroz ruhiy tushkunlik bor edi. Qolaversa, qator jarohatlar bilan bog'liq muammolarimiz ham yo'q emasdi. Shuning uchun o'yin qiyin bo'lishini kutgandik va yakunda, Xudoga shukur, ikkinchi taymda tizginni o'z qo'limizga olib, to'pni ko'proq nazorat qilib, durangga erishdik.
– Ruhiyat haqida gapirdingiz. "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin ham shunday ruhiy muammolar bor, deb aytgandingiz. Shu haqda batafsilroq bilmoqchi edim. Jamoada moliyaviy holat yaxshi, deb eshitganman. Qolaversa, oxirgi natijalar ham yomon emas edi. Shu bois nega aynan ruhiy muammolarni haligacha bartaraf eta olmayapsizlar? Bu nimadan kelib chiqyapti?
– Yo'q, ruhiy bosim faqat pul bilan bog'liq emas. Pul va sharoit tomonlama jamoamizda hech qanaqa muammo yo'q. Xorijga chiqib, yig'inlar o'tkazib keldik, hamma sharoitlarimiz yaxshi. Asosiy sabab – uchrashuvlar orasida katta vaqt bo'ldi, dam oldik. Uyimizdagi birinchi o'yinda muxlislarimizning bosimi va yigitlarning mas'uliyati – yani, Andijon xalqi oldida yuzimiz yorug' bo'lishi kerakligi biroz bosim o'tkazib qo'ydi. Yigitlar o'sha o'yinda erkinroq harakat qila olishmadi. O'z-o'zidan uyda mag'lubiyatga uchraganimizdan keyin yana ko'proq ruhiyat ustida ishlashimizga to'g'ri keldi. Chunki mag'lubiyatdan keyin baribir biroz ishonch yo'qoladi. Birinchi taymda buni o'zimizda his qildik.
– O'tgan o'yindan keyin "Andijon" klubiga tegishli FIFA taqiqini rahbariyat hal qildi, degandingiz. Lekin bizning xabarimizga ko'ra, hali ham bu muammo hal bo'lmagan. Adashmasam, Artyom Odincov bilan hisob-kitoblar hal qilinmagan ekan. Shu haqda ham fikringizni bildirib o'tsangiz.
– Bu holat bo'yicha rahbariyatimiz bilan gaplashgan edik. Qarzdorliklarning hammasi yopilib, to'lovlar haqidagi ma'lumot FIFAga jo'natilgan. Bu jarayon bank orqali o'tadi. Bankda qandaydir uzilish yoki to'xtalish bo'lib qolgan. Lekin FIFAga to'lov haqida xat yuborilgan. Aslida besh kunning ichida hal etilishi kerak edi. Xudo xohlasa, ertaga taqiqimiz echilib qolsa kerak. Biz ham shuni kutyapmiz.
– Boake haqida ham so'ramoqchi edim. U katta maosh evaziga olib kelingan edi, ammo siz murabbiylikka kelgach, hatto qaydnomadan ham o'rin olmay qoldi. Uning ketishi mumkinligi haqida xabarlar chiqdi. Qolaversa, Ashortia ham bugun qaydnomada ko'rinmadi.
– Ashortiaga keladigan bo'lsak, so'nggi mashg'ulotimizda jarohat olgani uchun uni o'yinga qo'ya olmadik. Boakega kelsak, yozgi yig'inni Belarusda birgalikda o'tkazdik. Biroq jamoaga kelgach, jarohat olib, uyiga davolanishga ketgan edi. Kechagina kelib jamoaga qo'shildi, endi sekin-sekin uni ham tayyorlab boramiz.

– "Andijon" bugun qaysi jihatlarda yutdi-yu, qaysi jihatlarda yutqazdi?
– To'g'risi, o'yinni qayta ko'rib, tahlil qilib aytgan osonroq. Lekin bugun ko'proq koncentraciyada oqsab, raqibning qarshi hujumlarini o'tkazib yubordik va shu tomonlama yutqazdik. Birinchi bo'limda hujumga o'tishga – birinchi pasni berishga biroz shoshildik. Ikkinchi taymda esa to'pni nazorat qilib, o'z rejamizni maydonga ko'chirdik. Bu rejamiz amalga oshdi va to'p nazorati bizga o'tganidan keyin ustunlikka erishdik.
– Yaqinda bir podkast ko'rib qoldim: taniqli xonanda G'ayrat Usmonovning farzandi Muhammadali Usmonov o'tgan mavsum "Andijon"da to'p tepgan edi. Siz ham yil boshidan bevosita bosh murabbiy bo'lmasangiz-da, murabbiylar shtabida edingiz. G'ayrat Usmonovning aytishicha, o'g'li o'z tug'ilgan yurtida o'ynashni xohlagan, lekin unga imkon berishmadi, qadriga yetishmadi, degan manoda fikr bildiribdi. Bunga munosabatingiz qanday?
– Yo'q, G'ayrat Usmonovning o'g'li kelgan paytda men jamoada yo'q edim. Men yanvarda qo'shildim. Yani, Samvel Vyacheslavovichning murabbiylar shtabiga yaqinda – yanvarda keldim. Ushbu lavozimga o'tganimdan keyin jamoada sog'lom raqobatni yo'lga qo'ydik. Kim mashg'ulotlarda harakat qilsa va o'zini ko'rsata olsa, qanday nom bo'lishidan qati nazar, asosiy tarkibda maydonga tushishga haqli. Shuning uchun ham e'tibor bersangiz, o'zini ko'rsatgan yoshlarimizni tarkibga kiritishni boshladik va bu o'z samarasini beryapti. Bizda kim mehnat qilib, o'zini yaxshi tomondan ko'rsatsa va asosiy tarkibga loyiqligini isbotlasa, barchaga imkoniyat beramiz.
– Jamoadagi optimal tarkibni aniqlay olmaganmisiz yoki bugungi tushgan tarkibni optimal tarkib desa bo'ladimi?
– Yo'q, boshidanoq bizga yuqori maqsad – uchinchi o'rin vazifasi qo'yilgan. Shuning uchun jamoaga 18-20 nafar teng kuchli o'yinchilar olib kelingan. Chempionatimizning tig'izligini hisobga olgan holda, barcha futbolchilarni teng shakllantirib, hammaga imkoniyat berib, rotaciyalardan foydalanmoqchimiz. Yani, kuchlarni to'g'ri taqsimlab harakat qilyapmiz.
– Uchinchi o'rinni olish imkoniyatini qancha foizga baholaysiz?
– Biz, Xudo xohlasa, har doim yaxshi niyat qilib, maksimal harakat qilaveramiz. Natijasini esa Alloh beradi. Faqat oldinga harakat qilaveramiz.
– Siz vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida kelganingizdan so'ng natijalar ancha ijobiy tomonga o'zgargandi, ammo keyinchalik g'alabasiz seriya yuzaga keldi, xuddi bir vaqtlar "Chelsi"dagi Roberto Di Matteo bilan bo'lgani kabi... Hozir masalan, durang natija ham rahbariyatni qoniqtirmasa kerak, bu o'zingizga ham qo'shimcha bosim bo'lmayaptimi?
– Birinchi o'rinda, baribir mas'uliyat juda ham katta. Ochig'i, bizning xalqimiz, muxlislarimiz juda talabchan. Lekin viloyat hokimimiz bilan ko'rishganimizda, u kishi meni qo'llab-quvvatlashlarini, ortimda o'zlari turishini aytib, "Qo'rqmasdan harakat qilaver," dedilar. Bizga berilgan shu ishonch ortidan harakat qilyapmiz.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191622 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112439 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104334 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62569 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41674 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25698 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25658 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21913 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19061 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16348 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
Реклама
Сайт хақида