- O'yin haqida fikringiz? - Mag'lubiyat har doim yoqimsiz. Lekin bir narsani tushunaylik, bugun juda kuchli hamda O'zbekiston chempioniga qarshi o'ynadik. Raqib safida mahorati yuqori futbolchilar ko'p, bugun bu ham maydonda ko'rindi. Biz gol urib oldik, biroq ijobiy natija qayd eta olmadik. Qandaydir tushunarsiz besh daqiqa ichida "Neftchi" masalani hal qildi. Bu - futbol, men yigitlarga o'yinni tezroq unutib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rishimizni aytdim. Qo'ldan kelgancha harakat qildik, buning futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Ishlashda davom etamiz.