
– O'yin haqida...
– Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsak, uchrashuv boshidayoq o'tkazib yuborilgan gol baribir ozgina ruhiy ta’sir ko'rsatdi. Keyin o'zimizga keldik, gol urdik, yaxshi vaziyatlar yaratdik. Yigitlar bugun yaxshi harakat qilishdi, oxirigacha kurashishdi. Ikkinchi golni ham kiritdik va yana ko'plab vaziyatlar bo'ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Endi, bu – futbol. Har o'yinda shunday kurashmasak, g'alaba qozona olmaymiz. Bugun barcha yigitlar kurashib, oxirigacha o'ynab, juda muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Ularning barchasiga rahmat aytaman.
– Ikkinchi o'yindirki, "Paxtakor" jamoasida bir xil holat kuzatilyapti. "Paxtakor" gol urgandan keyin to'xtab qolyapti, yani jamoa oldinga o'tishdan to'xtab, orqaga qaytib olyapti. O'tgan safar ham 1:0 hisobidan keyin shunday holat kuzatilgandi. Bu nima bilan bog'liq?
– Ha, o'tgan uchrashuvda ham 1:0 dan keyin shunday holat yuz bergandi. Hozir buning ustida ishlayapmiz, yigitlar bilan gaplashyapmiz. Balki, bu ozgina ruhiy holat bilan bog'liqdir. Xudo xohlasa, bu kamchilikni bartaraf etamiz. Biz ularga "orqaga yotib olinglar", demayapmiz, balki ular ham gol o'tkazib yuborishdan qo'rqishyaptimi, bilmadim. Lekin bu jihat ustida ishlayapmiz, chunki ko'p o'yinlarda shu holat kuzatilyapti.
– Hozir futbolchilarning ruhiy holati haqida gapirdingiz. Eshitishimizcha, futbolchilar may oyidan beri maosh olishmayotgan ekan. Agar bu xabarlar rost bo'lsa, bu holat avvalgi o'yinlardagi qoniqarsiz natijalarga va o'yin sifatiga ta’sir qilmayaptimi?
– Yo'q, o'tgan o'yindan oldin futbolchilarga maoshlarini to'lab berishdi. Holat maosh bilan bog'liq emas. Kimdir jahon chempionatiga borib keldi, undagi charchoq yoki ozgina ruhiy bosimlar bor. Aynan shu jihatlar ta’sir qilgan bo'lishi mumkin, lekin maoshlar to'lab berilgan.
– Avvalgi matbuot anjumanlaridan birida transferlar haqida so'raganimizda, "Bizda aniq rejalar bor", – deb aytgandingiz. O'zi umuman, hozir transfer oynasi davom etyapti, rejalar qay darajada bajarildi yoki jamoada yana yangi futbolchilarni ko'rishimiz mumkinmi?
– Hali ham bu borada ishlayapmiz. Yana bir-ikkita yangi futbolchi olish rejamiz bor.

– Jamoaga serbiyalik murabbiy ham kelib qo'shilibdi. Shu haqida ham fikr bildirsangiz. U jamoaning qaysi kamchiliklarini yopishga, qaysi jihatlarini rivojlantirishga yordam beradi?
– Buni biz o'zimiz taklif qildik. Uni avvaldan kuzatib borardik. Asosan, taktika tomonlama yordam berishi uchun chaqirdik.
– Zaid Tahsin haqida ham so'ramoqchi edim. Iroq jahon chempionatida ko'ngilsiz natija qayd etdi va mahalliy muxlislar tomonidan unga nisbatan hatto o'lim tahdidigacha borishdi. Bu holat futbolchining ruhiyatiga qay darajada ta’sir qildi? U bilan alohida gaplashdingizmi?
– Ha, alohida gaplashdik. Uning ruhiy holati hali ham to'liq joyida emas. Biz buning ustida ishlayapmiz. U ham yo'l qo'ygan qo'pol xatolaridan keyin hali ham hayajonda. Shu ustida ishlayapmiz, gaplashyapmiz. Xudo xohlasa, keyingi o'yinlargacha sekin-asta ruhiy tomonlama o'ziga kelib qoladi.
– Keyingi o'yin "Bunyodkor"ga qarshi o'tkaziladi. "Paxtakor" Superligadagi so'nggi ikkita mehmondagi bellashuvda ularni enga olmagan. Hozir "Bunyodkor"ning qanday ahvoldaligidan ko'pchilik xabardor. Shu holat "Paxtakor"ga qo'shimcha ustunlik berishi mumkinmi?
– Yo'q, bizga qarshi hamma jamoa 200 foiz kuch bilan o'ynaydi. Har bir o'yin biz uchun qiyin kechadi. "Bunyodkor" bilan bahs – azaliy derbi. Ular qiyin ahvoldami yoki yo'q, baribir bizga qarshi o'yinga barcha jiddiy tayyorgarlik ko'radi va o'zini ko'rsatishga harakat qiladi.
![]() | 19.07.2026 23:56 Ўқилди 191586 Xarri Keyn: "Biz Argentinaga qarshi so'nggi daqiqalarda o'zimiz istagan jamoa bo'la olmadik" |
![]() | 20.07.2026 01:22 Ўқилди 112415 Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safidagi 50-o‘yinini JCH finalida o‘tkazmoqda |
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104313 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62554 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41659 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25695 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 19.07.2026 23:22 Ўқилди 25646 Habib Nurmagomedov JCH-2026 finali natijasi nimaga bog‘liqligini tushuntirdi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21901 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 19040 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 19.07.2026 03:11 Ўқилди 16324 Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi" |
Реклама
Сайт хақида