Nikolas Otamendi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
21.07.2026 23:44 Ўқилди: 157
Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Otamendi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
Avvalroq Argentina terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati finalida qo‘shimcha vaqtda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
«Agar men umrbod saqlab qoladigan bir narsa bo‘lsa, bu — hech qachon ishonchini yo‘qotmagan, oxirgi soniyagacha kurashgan va bu ranglarni butun qalbi bilan himoya qilgan ajoyib jamoa bilan birga bosib o‘tgan yo‘limdan faxrlanishdir», — deb yozdi Otamendi.
Nikolas Otamendi 2009 yildan buyon Argentina terma jamoasi safida to‘p surdi.
U milliy jamoa bilan birga jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, ikki marta Amerika kubogida g‘olib chiqdi hamda Finalissima bahsida ham zafar quchdi.