FIFA reytingi yangilandi: O'zbekiston 10 pog'ona pastga tushdi
20.07.2026 22:00 Ўқилди: 2013
AQSH, Meksika va Kanadada o'tkazilgan JCH-2026 turniri yakunlanganidan so'ng FIFA terma jamoalar yangi reytingini e'lon qildi.
Jahon chempionlari Argentina terma jamoasini ortda qoldirdi. Fransiya terma jamoasi uchinchi pog'onada qoldi. Reyting yangilangandan so'ng eng katta sakrashni Norvegiya terma jamoasi amalga oshirdi – darhol 12 pog'ona yuqoriladi. Germaniya kuchli o'nlikdan chiqib ketdi.
Top-20 ro'yxati quyidagicha:
1.Ispaniya;
2.Argentina;
3.Fransiya;
4.Angliya;
5.Braziliya;
6.Marokash;
7.Portugaliya;
8.Belgiya;
9.Niderlandiya;
10.Meksika;
11.Kolumbiya;
12.Germaniya;
13.Xorvatiya;
14.Shveytsariya;
15.Italiya;
16.AQSH;
17.Yaponiya;
18.Senegal;
19.Norvegiya;
20.Urugvay.
JCH-2026 guruh bosqichining uchchala o'yinida ham mag'lubiyatga uchragan O'zbekiston terma jamoasi 10 pog'ona pastga tushdi va endi 60 o'rinni egallab turibdi.