
- O'yin haqida fikringiz?
- Afsus, mag'lubiyatga uchradik. Asosan ruhiy jihatdan jamoani tayyorlay olmadik deb o'ylayman. Bosim futbolchilarimizni bosib qo'ydi. Shu bois o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Ruhan muammolarga duch keldik.
- Ikkinchi bo'limda maydon markazi deyarli "Surxon" jamoasiga o'tdi.
- Nafaqat bu, umuman ko'p tomonlama yutqazdik. O'yinimizni takror ko'rib tahlil qilamiz. Birinchi taymda ko'proq o'rtani berib qo'yganga o'xshadik. Ikkinchi taymda yangi kuchlar o'zlarini ko'rsatishga harakat qildi.
- Asosiy o'yinchilar Xoldorxonov va Ashortia zaxiraga olinishining sababi nimada?
- Bu jismoniy holat bilan bog'liq emas. Biz boshqalarga imkon berib o'yinga kuch qo'shishni maqsad qildik. Gol o'tkazdik va tenglashtirdik, so'ngra yana o'tkazdik.
- Qanot himoyachilarida ham pasayish kuzatildi. Ular avvalgi o'yinlardagi kabi yaxshi harakat qila olishmadi.
- Bu ham ruhiyat bilan bog'liq deb o'ylayman. Baribir ancha muddatdan keyin start olish oson kechmaydi. Muxlislarimizni xursand qilamiz degan maqsad bor edi, afsus shoshilish orqali xatodan ketidan xatoga yo'l qo'ydik. Mag'lubiyat ko'proq ruhiyat bilan bog'liq deb o'ylayman.
- Transfer oynasi paytida negadir "Andijon"dan yangiliklarni eshitmadik.
- Bazi chiziqlarni kuchaytirishimiz, raqobatni yuzaga keltirishimiz zarur. Bilasiz, klubga FIFA tomonidan transfer taqiqi qo'yilgandi, lekin rahbariyatimiz bu masalani ijobiy hal qildi. Tez orada FIFAdan ruxsat xati yuborilishi kutilyapti. Shundan so'ng transferlarni rasman ma'lum qilamiz. Ko'z ostimizga hujumchilarni olib qo'yganmiz, lekin ularning o'z klubi bilan shartnomasi bor, shu bois jalb qilish qiyin bo'lyapti.
- Sherzod Esanov bilan Rustam Turdimurodovga "Andijon" tomonidan qiziqish bo'lgani rostmi?
- Bu o'yinchilar bilan gaplashdik, faqat shartnomasi borligi sabab ish to'xtab qoldi.
- Qisqa muddatdan keyin "Lokomotiv"ga qarshi bahs bo'lib o'tadi. Bu o'yingacha jamoani tiklash va tayyorlash qanday davom etadi?
- Tiklanishni o'yin tugashi bilan boshladik. Ertaga tushdan keyin yig'ilib maydonda hozirlik ko'rishni boshlaymiz.
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104205 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62449 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41563 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 10.07.2026 00:56 Ўқилди 38597 Brunu Fernandesh: "Juda xafaman, bu jamoadan umidim katta edi" |
![]() | 12.07.2026 01:48 Ўқилди 30648 JCH-2026. Norvegiya - Angliya (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25668 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21853 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 11.07.2026 01:24 Ўқилди 21394 Muhammad Saloh uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum qilindi |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 18950 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 11.07.2026 00:00 Ўқилди 16626 MYU Edersonni o'z safiga qo'shib olish fikridan qaytdi. Klub "Atalanta"ga kelishuv amalga oshirilmasligini ma'lum qildi |
Реклама
Сайт хақида