MYU Edersonni o'z safiga qo'shib olish fikridan qaytdi. Klub "Atalanta"ga kelishuv amalga oshirilmasligini ma'lum qildi
11.07.2026 00:00 Ўқилди: 16530
Angliya klubi bu haqda "Atalanta"ni xabardor qildi.
Bir oy oldin tomonlar yarim himoyachining transferini bonuslar bilan 45 million evroga kelishib olgan edi. Braziliyalik futbolchi "4+1" sxemasi bo'yicha shartnoma imzolashi kerak edi.
Biroq, o'shandan beri "Manchester Yunayted"ning transfer rejalari o'zgargani aytilmoqda. "Atalanta" yarim himoyachini yana jamoa tarkibiga kiritishga tayyor.