
- O'yin haqida fikringiz?
- Oson o'yin bo'lmasligini bilgandik. "Andijon"da murabbiy o'zgarganidan so'ng jamoada o'sish bo'ldi va biz ham shunga qarab hozirlik ko'rdik. O'zimiz xohlagan o'yin uslubimiz bor va raqibga shu uslubni taklif qildik. Balki o'yinimiz zo'r chiqmagandir, lekin muhimi g'alaba qozondik. Albatta, xato va kamchiliklar bor, o'zgartirishimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. Futbolda xatosiz hech narsa bo'lmaydi.
- Asosiy darvozabon Merganovning holati qanday?
- Unda miya chayqalishi bor. Shifokorlar tashxisidan keyin nima bo'lgani aniq ko'rinadi.
- Tanaffus paytida "Surxon" yetakchilari jamoani tark etishiga nima asosiy sabab bo'ldi?
- Bu savolga to'liq javob bera olmayman. Chunki jamoamizdan ketgan har bir futbolchining bu borada o'z fikri bor. Ular o'z xohishiga ko'ra ketishdi. Kimdir ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish, kimdir moliyaviy tomonni ko'zlab ketdi. Vaziyat hammada turlicha. Mening ishim jamoani shug'ullantirish va o'yinga tayyorlash. Safimizda yoshlar bor, shular bilan ishlaymiz. Nima ro'y bermasin, "Surxon" baribir bo'ladi va o'z faoliyatini davom ettiradi.
- Behruz Karimov xatto qaydnomada yo'q edi.
- Behruzga Jahon chempionatidan keyin dam berdik. U qishdan beri umuman dam olgani yo'q. Bir necha bor terma jamoalarga chaqirildi, keyin milliy jamoa bilan JCHga yo'l oldi. O'zini tiklab olishi uchun unga dam berishni lozim topdik. Balki tez orada boshqa chempionatga yo'l olishi ham mumkin. Biz esa boshqa futbolchilar bilan ishlashda davom etyapmiz.
- Bugun "Surxon" safida bir nechta yoshlar maydonga tushdi. Ularning o'yini borasida fikringiz?
- Yoshlar borasida ham o'z rejalarimiz bor. Kimdir debyut qildi, kimdir o'zini ko'rsatishga intildi.
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104205 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62449 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41563 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 10.07.2026 00:56 Ўқилди 38597 Brunu Fernandesh: "Juda xafaman, bu jamoadan umidim katta edi" |
![]() | 12.07.2026 01:48 Ўқилди 30648 JCH-2026. Norvegiya - Angliya (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25668 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21853 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 11.07.2026 01:24 Ўқилди 21394 Muhammad Saloh uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum qilindi |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 18950 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 11.07.2026 00:00 Ўқилди 16626 MYU Edersonni o'z safiga qo'shib olish fikridan qaytdi. Klub "Atalanta"ga kelishuv amalga oshirilmasligini ma'lum qildi |
Реклама
Сайт хақида