
- O'yin haqida fikringiz?
- Ikki oylik tanaffusdan keyin yana katta futbolga qaytdik. Afsuski, birinchi taymni yomon o'tkazdik. Havo issiq deyapmiz, boshqa gaplarni aytyapmiz, lekin baribir birinchi taymda hech narsa o'xshamadi. Qo'pol xatolar sabab ikkita gol o'tkazdik. Ikkinchi taymda hartugul o'zimizga kelib oldik. Vaziyatlar yaratdik, lekin hisobni tenglashtira olmadik. Ishlashda davom etamiz, o'yindan o'yinga xatolar kamayib boradi deb o'ylayman. Tez orada ochkolarni qo'lga kiritamiz.
- Keyingi bahslarda jamoa oldiga qanday vazifa qo'yiladi?
- Taqvim oson emas, har bir o'yin qiyin kechadi. Mavsumning birinchi yarmida aksar klublar bir-birini o'rganib chiqishdi. Ikkinchi yarmida endi hamma ochko olishga o'ynaydi. Ayniqsa turnir jadvalining quyi o'rinlarida qattiq kurash kechadi. Kecha "Mashal" yutdi, bugun "Dinamo". Biz ham harakat qilamiz.
- "Qizilqum" tarkibi yomon emas. Transfer oynasi esa hali ochiq. Yangi futbolchilarni ko'ramizmi?
- 2-3 nafar futbolchini ko'z ostimizga olib qo'yganmiz. Transfer 10 avgustgacha ochiq bo'ladi va bu orada yangilar kelib qolishi mumkin. Bu borada ishlayapmiz.
- Birinchi taymni "Qizilqum" himoyada o'tkazdi. Raqibning ikkita aniq zarbasi gol bilan tugadi. Ikkinchi taymda jamoa o'yini o'zgardi. Tanaffusda futbolchilarga nima dedingiz?
- Sizga shuni aytishim mumkin, o'zim ham birinchi taymdagi jamoani taniy olmadim. Tanaffusda buning sababini futbolchilardan so'raganimda, issiq deya javob berishdi. Raqib ham shu issiqda o'ynadi. Lekin ikkinchi taymda yaxshi o'ynadik, faqat o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Yigitlarga unchalik etirozim yo'q, yutqazdikmi demak murabbiy yutqazdi. Birinchi taymdagi o'yinni tahlil qilib ishlashda davom etamiz.
- Standart vaziyatlarda hech narsa o'xshamadi.
- Biz standartlar ustida ishlayapmiz. Bugun ham foydalanishga harakat qildik, faqat oxirgi zarba yetishmadi. Mashg'ulotlarda ishlayapmiz, faqat imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqibni yaxshi o'rgangandik, yetakchi o'yinchilari kimlar ekanligini bilardik. Shu yetakchilar o'yin taqdirini hal qildi, o'zimizdan xato o'tdi.
- "Qizilqum"ni oldinda ikkita murakkab bahs kutmoqda.
- Buyog'iga oson o'yin yo'q, har bir uchrashuv biz uchun finaldek bo'ladi. Har bir ochko oltinga teng bo'ladi. Biz ham albatta o'z ochkolarimizni olamiz.
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104205 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62449 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41563 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 10.07.2026 00:56 Ўқилди 38597 Brunu Fernandesh: "Juda xafaman, bu jamoadan umidim katta edi" |
![]() | 12.07.2026 01:48 Ўқилди 30648 JCH-2026. Norvegiya - Angliya (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25668 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21853 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 11.07.2026 01:24 Ўқилди 21394 Muhammad Saloh uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum qilindi |
![]() | 19.07.2026 02:00 Ўқилди 18950 JCH-2026. Fransiya - Angliya LIVE |
![]() | 11.07.2026 00:00 Ўқилди 16626 MYU Edersonni o'z safiga qo'shib olish fikridan qaytdi. Klub "Atalanta"ga kelishuv amalga oshirilmasligini ma'lum qildi |
Реклама
Сайт хақида