"Chelsi" Rojersni "Aston Villa"dan 117 million funtga sotib olmoqda
18.07.2026 23:16 Ўқилди: 156
London klubi "Aston Villa" bilan 23 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim qiymati 117 million funtni tashkil etadi.
Futbolchining o'zi "ko'klar" bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Rojersga "Arsenal" ham qiziqish bildirgan, biroq futbolchi "Chelsi" foydasiga tanlov qilgan.
Morgan APLning o'tgan mavsumida 37 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.