
- Ikki oylik tanaffusdan keyin futbolga qaytish yoqimli. Albatta "Paxtakor"ga qarshi og'ir o'yin bo'lishini bilardik. Ikkala jamoa ham juda qiyin bo'lgan ob-havoda futbol o'ynashdi va yaxshigina kurashishdi, bor kuchlarini berishdi. Bizda bir qancha yaxshi, sifatli vaziyatlar bo'ldi. Uzoq muddatli tanaffusdan keyingi ilk o'yinimizdan mamnunman. Jamoani rivojlantirish yo'llarini izlaymiz.
- "Lokomotiv" matbuot xizmati ushbu o'yinda jamoaning ikki ochko yo'qotganini yozdi. Sizningcha jamoa ikki ochko yo'qotdimi?
- "Paxtakor"da ham bir qancha yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Agarda ikkala jamoadan biri yutishi kerak bo'lsa, o'yin oxirlarida bizda ko'proq vaziyat yuzaga keldi, biroq bulardan foydalana olmadik. Agarda butun bir o'yinni inobatga olsak, durang ikkala jamoa uchun ham adolatli natija bo'ldi.
- Muxriddin Zoirov, Islombek Baratov va Lazizbek Mirzaev jamoani tark etishdi. Bu haqda nima deya olasiz?
- Istalgan futbolchidan ketkazish oson emas. Ularning barchasi ikkinchi davrada ko'proq o'ynashlari kerak. Istalgan futbolchi yarim mavsum zaxirada o'tirsa, o'zi uchun jamoa izlaydi. "Lokomotiv"da ham, istalgan jamoada ham bunday holatlar bo'ladi. Chunki jamoadagi barcha futbolchilarga imkoniyat berish juda qiyin. Hozirgi futbolda o'ynash qiyin, agarda ular jamoada qolganida yanada ko'proq zaxirada o'tirib qolishlari mumkin edi. Futbolchilar esa o'zlari uchun jamoa izlashlari va futbol o'ynashlari kerak.

- Faoliyatini yakunlashi aytilgan Anzur Ismoilov mavsum yakuniga qadar jamoada qoldi.
- Buning barchasi Anzurga bog'liq emasdi. U yoqimli inson, juda tajribali. Uning tarkibda borligi jamoa uchun ham foydali. Endi u hayotida boshqa sahifani ochmoqda va boshqa ishlar bilan shug'ullanmoqda. U bilan o'zaro kelishuvimiz bor: qo'lidan kelgancha, imkoniyati etgancha bizga yordam berishi kerak. Biroq uning boshqa ishlar bilan shug'ullanishini ham biz to'g'ri tushunamiz.
- Abdulloh Yo'ldoshev avvalgi o'yinlarda o'ng qanot himoyasida o'ynayotgandi. Bugun esa markaziy himoyada ko'rinish berdi. Bu davomiy bo'ladimi yoki u hali o'ng qanotga qaytadimi?
- U bir qancha poziciyalarda o'ynay oladi. Uni hatto tayanch himoyasida ham o'ynatganmiz. Markaziy va o'ng qanot himoyasida ham o'ynay oladi. U haqiqiy atlet - tezligi bor, elastik inson. Biror futbolchi doimo o'zi uchun eng qulay poziciyani tanlab oladi. Abdullohda esa unday emas. Shuningdek, Oleksandr Kucherenko belidan noqulaylik his qildi. Bunday holatda uning o'rnini yopa oladigan futbolchi borligi bizni quvontirdi. Anzur Ismoilov biz bilan ko'p ham ishlamadi. Shu sababli uni markaziy himoyaga qo'ya olmasdim.
- Jasur Yaxshiboevning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Uning jamoaga qo'shilganiga ko'p ham bo'lmadi. Uzoq vaqt futbol o'ynamadi. Bizning futbolga va jismoniy holatini yaxshilab olishiga biroz vaqt kerak. Barcha muxlislar uning qanday sifatga ega ekanligini biladi. Hujumda birga-bir holatlarda raqibni aldab o'ta oladi. Lekin futbol faqatgina bundan iborat emas. Ikkinchi davrada u jamoamizga katta yordam bera olishiga ishonaman. Qanday darajada yordam berishi esa uning o'ziga bog'liq.
- Jarohat olgan Suhrob Nurulloevning holati qanday?
- Yaxshi. Bugun u issiq havoda ko'p mehnat qildi. Uning mushaklarida jarohat bor. U kelgusi o'yinga tayyor bo'ladi, deb o'ylayman.
![]() | 16.07.2026 01:11 Ўқилди 104148 Keyn Angliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan maydon o‘yinchisiga aylanadi |
![]() | 16.07.2026 00:08 Ўқилди 62389 JCH, yarim final. Angliya - Argentina 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 14.07.2026 23:56 Ўқилди 41503 LIVE. JCH, yarim final. Fransiya – Ispaniya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 10.07.2026 00:56 Ўқилди 38537 Brunu Fernandesh: "Juda xafaman, bu jamoadan umidim katta edi" |
![]() | 12.07.2026 01:48 Ўқилди 30627 JCH-2026. Norvegiya - Angliya (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.07.2026 01:00 Ўқилди 25635 Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi |
![]() | 15.07.2026 23:40 Ўқилди 21817 Obi Mikel Jo Koul so'zlariga javob berdi: "Men bu safsatalarga ishonmayman. Bu axlatni Ronalduning muxlislari o'ylab topishgan" |
![]() | 11.07.2026 01:24 Ўқилди 21370 Muhammad Saloh uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum qilindi |
![]() | 11.07.2026 00:00 Ўқилди 16602 MYU Edersonni o'z safiga qo'shib olish fikridan qaytdi. Klub "Atalanta"ga kelishuv amalga oshirilmasligini ma'lum qildi |
![]() | 12.07.2026 08:08 Ўқилди 15640 Erling Xoland Norvegiya terma jamoasining Angliyadan uchralgan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi |
Реклама
Сайт хақида