Ispaniya terma jamoasi yulduzi Lamin Yamal 17 iyul kungi jamoaviy mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etdi. Uning Jahon chempionati finalida maydonga tushishiga hech narsa xalaqit bermaydi, deya xabar berdi Marca nashri.
19 yoshli vinger "qizil furiya"ning kechagi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan edi. Unga Fransiyaga qarshi o‘yindan so‘ng biroz dam berilgan.
Argentinaga qarshi Mundial finali 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:59'da start oladi.