PSJ yaponiyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshladi
12.07.2026 23:56 Ўқилди: 1439
Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi. Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar jadal suratlarda davom etmoqda va 23 yoshli golkiperning "Parma"ni tark etishi ehtimoli anchagina katta.
Italiya klubi ham ehtimoliy transferga tayyorgarlik ko'rib qo'ygan va shu boisdan "Yuventus"dan yosh darvozabon Jovanni Daffarani o'z safiga qo'shib oldi.
Zion Sudzuki JCH–2026da Yaponiya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida ishtirok etdi. Yaponlar 1/16 finalda Braziliyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.