
Norvegiya ustidan 2:1 hisobidagi g'alabadan keyin Angliya yarim finalga yo'l oldi va endi Argentinaga qarshi bahs olib boradi.
"Jahon chempionligini qo'lga kiritgan har qanday jamoaga omad ham kulib boqqan bo'ladi. Hech bir chempion "bizga omad kerak bo'lmadi" deb ayta olmaydi.
Bizga ham ayrim vaziyatlarda omad biz tomonda bo'ldi va bu bizga Argentinaga qarshi yarim finalga chiqish imkonini berdi.
1998 yil Fransiyada ularga penaltilar seriyasida yutqazganimizni yaxshi eslayman. O'shanda argentinalik futbolchilarning xatti-harakati haligacha yodimda. Shuning uchun bu o'yinda ham alohida ruhiy fon bo'ladi.
Men Argentinaga qarshi o'yindan qo'rqmayapman. Menimcha, biz ularni mag'lub eta olamiz. Ammo hozirgi o'yinimiz bilan Ispaniya yoki Fransiyani engish qiyin bo'ladi.
Angliyada Jahon chempionligini qo'lga kiritishga qodir futbolchilar bor. Lekin buning uchun jamoa ancha yaxshiroq o'ynashi kerak. Oddiy vaziyatlarda ham xatolarga yo'l qo'ymaslik lozim.
Rostini aytsam, Angliyaning Jahon chempioni bo'lishini ko'raman deb o'ylamagan edim. Ammo hozir biz bu orzuga har qachongidan ham yaqinmiz", - dedi Merson.
Eslatib o'tamiz, Angliya JCH–2026 yarim finalida Argentinaga qarshi maydonga tushadi. G'olib jamoa finalda Ispaniya yoki Fransiya bilan to'qnash keladi.
![]() | 06.07.2026 23:48 Ўқилди 87396 Donald Tramp: "Men Keyn bilan golf o'ynaganman, u menga juda yoqdi. U buyuk futbolchi, golfni ham qoyillatib o'ynaydi" |
![]() | 07.07.2026 22:11 Ўқилди 76566 Misr terma jamoasi darvozaboni 1-bo‘limda argentinaliklarning 3 ta zarbasini qaytardi |
![]() | 07.07.2026 20:56 Ўқилди 42586 LIVE. JCH. Argentina - Misr 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 10.07.2026 00:56 Ўқилди 38423 Brunu Fernandesh: "Juda xafaman, bu jamoadan umidim katta edi" |
![]() | 12.07.2026 01:48 Ўқилди 30558 JCH-2026. Norvegiya - Angliya (matnli translyatsiya) |
![]() | 06.07.2026 01:00 Ўқилди 28843 Belgiya futbol federatsiyasi FIFAning AQSH hujumchisi Folarin Balogun diskvalifikaciyasini vaqtincha bekor qilish qaroriga norozilik bildirdi |
![]() | 11.07.2026 01:24 Ўқилди 21307 Muhammad Saloh uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum qilindi |
![]() | 07.07.2026 01:24 Ўқилди 18788 Sport yuristi "Balogun ishi" haqida: "Qonun nuqtayi nazaridan qaror to'g'ri, ammo vaziyat juda shubhali" |
![]() | 11.07.2026 00:00 Ўқилди 16554 MYU Edersonni o'z safiga qo'shib olish fikridan qaytdi. Klub "Atalanta"ga kelishuv amalga oshirilmasligini ma'lum qildi |
![]() | 12.07.2026 08:08 Ўқилди 15526 Erling Xoland Norvegiya terma jamoasining Angliyadan uchralgan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi |
Реклама
Сайт хақида