Skaloni JCH-2026 yarim finali oldidan: «Angliyaning murabbiyi ajoyib»
12.07.2026 21:00 Ўқилди: 13
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy siyosiy va futbol raqobati fonida Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCH yarim finali oldidan o‘z jamoasidan bosimni olib tashlashga urindi.
«Xabar oddiy — bu shunchaki o‘yin. Men faqat shuni ayta olaman. Biz qiyin raqibga qarshi o‘ynaymiz, ularning murabbiyi ajoyib, ammo bu shunchaki bir o‘yin, xolos», — dedi Skaloni.
Argentina va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati yarim final uchrashuvi 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.