Lionel Messining rafiqasi Argentinaning g‘alabasiga munosabat bildirdi
12.07.2026 21:00 Ўқилди: 14
Argentina terma jamoasi qo‘shimcha bo‘limlar natijasiga ko‘ra Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi. O‘yindan so‘ng «albiseleste» sardori Lionel Messining turmush o‘rtog‘i Antonella Rokusso ijtimoiy tarmoqlarda o‘z munosabatini bildirdi.
«Olg‘a, Argentina! Yana bir qadam yaqin qoldi!» — deb yozdi Antonella.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi safida shveysariyaliklar darvozasiga Aleksis Mak Allister, Xulian Alvares va Lautaro Martines to‘p kiritishdi.
Jahon chempionati yarim finalida Argentina terma jamoasi Angliyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 15 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.